Mirishkor tumanida Mudofaa vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Milliy kurash va tosh koʻtarish” sport turlari boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalarining Mirishkor tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tuman mahalla yoshlari ishtirokida tuman hokimligi, Mudofaa bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Yoshlar ishlari bo‘limi, «Vatanparvar» tashkilot hamda Sportni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida 18-30 yoshdagilar o‘rtasida “Milliy kurash va tosh koʻtarish” sport turlari boʻyicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Yakunda musobaqa g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.