Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-oktabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarni koʻkalamzorlashtirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, 20-oktabrdan 1-dekabrgacha koʻchat ekish boʻyicha «dolzarb 40 kunlik» eʼlon qilindi.
Bugun Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev boshchiligida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlariga start berildi.
Hokim oʻrinbosarlari ishtirok etgan tadbirda tuman rahbari avvalgi ishlarga tanqidiy baho berdi.
«Dastur ijrosini amalga oshirishda qator kamchiliklar va eʼtiborsizliklarga yoʻl qoʻyilgan. Bu xatolarni takrorlashga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Koʻchatlarni sugʻorish uchun mana 100 metrdan suv chiqarish choralarini koʻrdik, endi faqat to‘g‘ri ishlash kerak«, deb Sherali Sanayev oʻrinbosarlarga muhim vazifalarni belgilab berdi.
«Dolzarb 40 kunlik» doirasida tumanda 390 ming dona turli xil koʻchatlar ekiladi«, — Anvar Eshmurodov, tuman hokimi oʻrinbosari.