Assalomu alaykum, hurmatli Deputatlar!

Qadrli tumandoshlar!

So‘zimni boshida shuni aytib o‘tmoqchimanki, Siz kabi jonkuyar deputatlarimiz bilan hamnafas va maslakdosh bo‘lib tugab borayotgan joriy yildagi so‘nggi sessiya yig‘ilishida ishtirok etib, biz bir jamoa bo‘lib yil davomida tumanimiz aholisini hayotiy muhim manfaat va ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan bir qancha xayrli ishlarni amalga oshirdik.

Shu fursatdan foydalanib, xalq deputatlari tuman Kengashining barcha deputatlariga yil davomida sessiya ishida munosib qatnashib, ko‘rsatgan fidoyilik va jonkuyarliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. 

Hurmatli deputatlar!

Barchamizga maʼlumki, so‘nggi yillarda mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilib, hokim, uning o‘rinbosari, prokuratura, adliya, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash idoralari rahbarlarining tegishli Kengashlar oldida hisobdorligiqonunlarda belgilab qo‘yilgan.

Endi ruxsatlaringiz bilan, joriy yil yakuni va kelgusi yilda tumanda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy asosiy ko‘rsatkichlar va ularning natijalariga to‘xtalib o‘tsak.

  1. MUHIM STATISTIK KO‘RSATKIChLAR
    Mirishkor tumanida umumiy aholi soni 128,8 ming nafarni tashkil qilib, 10 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilishadi.
    Shundan:

2. MUHIM MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLAR

Mirishkor tumanida 2023-yil yanvar-noyabr oylarida tumanda ro‘yxatga olingan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1762 tani tashkil etadi.
Tumanda 11 oylik yakuni bilan asosiy makroiktisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida aytadigan bo‘lsam:

  1. HOKIM YoRDAMChILARI ISh FAOLIYaTI BO‘YIChA
    Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023-yilni mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili“ deb e’lon qilarkan, yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatning bosh mezoniga aylanishini ta’kidlagandi.
    Davlat rahbarining “Inson qadri-ulug‘. ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak” degan so‘zlari biz rahbarlarning oldimizga mas’uliyatli vazifani qo‘ydi.
    Shundan kelib chiqib, Prezident Farmonga ko‘ra, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha ta’sis etilgan tuman hokimi yordamchilari tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:
    Mirishkor tumani hokim yordamchilari tomonidan joriy yil boshidan 22 712 (100%) xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, 4ta toifaga ajratib olindi, jumladan:
    birinchi toifa- daromadi kam, birok daromad topishga harakat kilayotgan xonadonlar 35,4 foiz (6972 ta);
    ikkinchi toifa- doimiy daromadga ega, ko‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 43,0 foiz (8498 ta);
    uchinchi toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 31,6 foiz (6219 ta);
    to‘rtinchi toifa- iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar
    51,9 foizni (11 777 ta)ni tashkil etmoqda.
    1422 nafar fuqarolarning kooperatsiya asosida ishlash hohishi bor fuqarolar ishga joylashtirildi.
    1671 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tavsiyanomalar asosida 40 mlrd 156 mln. so‘mlik kreditlar ajratildi.
    Umumiy maydoni 735,8 gektar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlariniijaraga berish maqsadida 1037 lotlarga bo‘linib, auksionga qo‘yildi.
    Shundan, auksion natijasiga ko‘ra bugungi kunda 960 nafar fuqarolarga 698 gektar yer maydonlari ajratib berildi.
    Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga 1 576 nafar fuqarolar yo‘naltirilib, o‘quv markazlarida va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitildi.
    370 ta yuridik va 1 040 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
    13 672 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
    Shundan:

Hurmatli deputatlar!

  1. YOShLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh SOHASIDA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-92-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
    Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida tuman bo‘yicha “Yoshlar daftari”ga jami 1 990 nafar yoshlar kiritilgan bo‘lib, shundan,
    1 543 nafariga 3 mlrd. 241 mln so‘mlik turli ko‘mak ko‘rsatildi. Yil yakuniga qadar “Yoshlar daftari”da turgan 447 nafar yoshlarga ko‘mak ko‘rsatishni amalga oshiramiz.
    Ma’lumot uchun: 115 nafar yoshlar doimiy bo‘sh ish o‘rinlariga joylandi;
    -99 nafar yoshlarlarga 181,9 mln so‘m miqdorida mexnat qurollari olib berildi;
    -262 nafar yoshlarga 726,2 mln so‘m miqdorida to‘lov-kontrakti to‘lab berildi;
    -63 nafar yoshlar kelajak kasblari loyihasi doirasida o‘qitildi;
    -53 nafar yoshlarga 222,2 mln so‘m miqdorida tibbiy xizmat xarajatlarini qoplab berildi;
    -34 nafar yoshlarga 208,8 mln so‘m safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari to‘lab berildi;
    -17 nafar yoshlarga 20,6 mln so‘m xaydovchilik guvoxnomasi uchun;
    -1 nafar yoshlarga 350 ming so‘m NTMda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi;
    -52 nafar yoshlarga 1 mlrd 362,7 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi;
    -278 nafar yoshlarga dexqonchilik uchun (o‘rtacha 20 sotixdan) yer maydonlari ajratildi;
    -2 nafar yoshlarga 2,4 mln so‘m turar joy ijarasi uchun to‘lov to‘lab berildi;
    -45 nafar yoshlarga 42,2 mln so‘m miqdorida psixologik xizmat uchun to‘lovlar to‘lab berildi;
    -17 nafar yoshlarga 35,4 mln so‘m urug‘lik va ko‘chatlar uchun subsidiya mablag‘lari ajratildi;
    -2 nafar yoshlarga 1,8 mln so‘m maktab formasi va o‘quv qurollari olib berildi;
    -3 nafar yoshlarga 957 ming so‘m fuqarolik pasporti badalini qoplab berildi;
    -507 nafar yoshlarga boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatildi.
    “Besh tashabbus olimpiadasi” birinchi mavsumi doirasidagi tuman bo‘yicha jami 23 mingdan ortiq yoshlar musobaqalarda ishtirok etdi va jami 8 ta medalni (1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
    Bugungi kunga qadar “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida respublikada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jami
    2 ta mahallada sport maydonchalari qurilishiga erishildi.
    “Yoshlar balansi” asosida 1 004 nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar 30 nafar rahbarlarga nomma-nom biriktirilib,. Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan qayta hatlov qilish natijasida qolgan 1 004 nafar yoshlar orasidan 361 nafar yoshlarning muammosi aniqlangan bo‘lib, hozirda ularning 359 ta (99 foiz) masalalari hal etildi. Jumladan,
  1. MAKTABGAChA TAЪLIM SOHASIDA. MAKTABLAR BO‘YIChA
  1. O‘QITUVChILAR SIFAT TARKIBI.
  1. Mirobod mahallasidagi 5-umumta’lim maktabi ingliz-tili o‘qituvchisi — Niyozqulov Begzod Sharofovich 14 888 671 so‘m.
  2. Obodon mahallasidagi 21-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi — Eshmurodov Muhriddin Sulton o‘g‘li 12 880 469 so‘m.
  3. Mirishkor mahallasidagi 38-umumta’lim maktabi rus-tili o‘qituvchisi — Ne’matova Shamsiya Yulduzovna 10 648 867 so‘m
    Xalqaro va milliy sertifikat.
    Hozirgi vaqtda barcha fanlardan jami 143 nafar pedagoglarimiz xalqaro va milliy sertifikatga ega. 2022-yilda barcha fanlar bo‘yicha
    43 nafarni ttashkil qilgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich hozirgi kunda 100 nafarga ko‘payib jami 143 tani tashkil qilmoqda. 2023-yilda esa o‘tgan yilga nisbatan xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni 300% ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
    2022-2023 o‘quv yilida 12 nafar bitiruvchilarimiz xorijiy tillardan xalqaro va milliy sertifikat olgan.
  4. OLIY TA’LIMGA KIRISh.
  1. MAKTABGAChA TA’LIM BO‘YIChA.
    Mirishkor tumanida jami 40 ta mahalla fuqarolar yig‘inida
    10 631 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lib, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 20 ta davlat, 10 ta DXSh asosidagi va 140 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hozirgi kunda 3-7 yoshli bolalardan
    6798 nafari (64,0 %) qamrab olingan.
    Shu kunga qadar 16 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kapital rekonstruksiya qilindi.
    Tumanda 2023-yil yakuniga qadar 1 ta DXSh asosida 75 o‘rinli, 16 ta oilaviy MTTni 400 o‘rinli, 1 ta DMTni investitsiya va 1 ta obod qishloq davlat dasturi doirasida rekonstruksiya qilish evaziga 60 nafar, umumta’lim maktablarda majburiy bepul tayyorlov guruhlariga 100 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni qamrab olish natijasida qamrovni (6,1 %) oshirib, 73,6 % ga yetkazish rejalashtirilgan.
  1. TIBBIYoT SOHASI BO‘YIChA.
    Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi jami 295 o‘ringa ega bo‘lib, shundan markaziy shifoxona 132 o‘rin, Pomuq shifoxonasi 98 o‘rin, Jeynov shifoxonasi 35 o‘rin va Chandir shifoxonasi 30 o‘rin.
    Bundan tashqari tumanimizda KTMP 1 ta, Oilaviy poliklinika 4 ta, OShP 3 ta, Tez tibbiy yordam bo‘limi 1 ta va 6 ta shahobchasi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
    Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi tibbiyot xodimlari soni 1505 nafar bo‘lib, shundan jami vrachlar soni–97 nafar, o‘rta tibbiyot xodimlari soni–977 nafar, kichik tibbiyot xodimlari soni–216 nafar va boshqa xodimlar-215 nafarni tashkil etadi.
  2. KOMMUNAL XO‘JALIK VA QURILISh SOHASIDA
    Hurmatli deputatlar !
    Bugungi sessiya qatnashchilari !
    Tumanda aholini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida joriy yilda 60 xonadonli 2 ta barcha qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylar qurilmoqda.
    Avvalo Davlatimiz rahbari tomonidan boshlangan xalqchil isloxotlar “Inson qadrini ulug‘lash, unga yashash uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, uzoq kelajakda emas aynan bugun turmushidan rozi bo‘lib yashash” kabi insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.
    Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod-mahalla” mezonlari asosida Respublikamizning barcha viloyat va shahar-tumanlarida olib borilayotgan ishlar qatori Mirishkor tumanining “Oltin-boshoq” mahalla fuqarolar yig‘inida ham quyidagi ishlar amalga oshirildi.
    Ayni vaqtga qadar “Oltin boshoq” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi mavjud bo‘lmagan. Mazkur dastur doirasida 447 mln so‘m mablag‘ evaziga “Mahalla yettiligi” faoliyatiga moslashtirilgan mahalla binosi yangidan qurilib jihozlandi. Ushbu binoda muqobil energiya manbalaridan foydalanish maqsadida quyosh panellari o‘rnatildi.
    Tuman tibbiyot birlashmasi balansida bo‘lgan, 2005-2015 yillarda “Yangi Jeynov” QVP binosi sifatida foydalanib kelingan. Dastur asosida 200 mln so‘m mablag‘ evaziga joriy ta’mirlanib, yangi qiyofaga keltirildi. Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi “Jeynov” shifoxonasiga qarashli “Oltin boshoq” oilaviy shifokorlik punkti sifatida foydalanishga topshirildi. Natijada mahalladagi 2400 nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yaxshilandi.
    1994-yilda tashkil etilgan 27-sonli 120 o‘rinli umumta’lim maktabi binosi 200 mln so‘m mablag‘ evaziga atrofi devor bilan o‘ralib, 11 ta o‘quv xonalari joriy ta’mirlandi. Shuningdek, maktabdagi issiqlik tizimi qayta tiklandi.
    Mahalladagi ta’mirtalab 10,5 km ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari ta’mirlandi, 500 mln so‘m mablag‘ evaziga 1,5 km piyodalar yo‘lakchasi va 50 dona quyoshdan quvvat oluvchi tungi yoritish chiroqlar qurilib foydalanishga topshirildi.
    Dastur doirasida mahalla aholisining elektr energiyasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan 200 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi, 5 km metr yangi elektr SIP kabellari tortildi va 2 ta yangi (100 kVt) transformator o‘rnatildi hamda 3 tasi mukammal ta’mirlandi.
    Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va yetkazib berish maqsadida, mahalladagi qarovsiz holdagi ichimlik suvi tarqatish inshooti to‘liq qayta ta’mirlanib, aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan talabi to‘liq qondirildi.
    Mahalladagi yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish maqsadida 284 mln so‘m mablag‘ evaziga yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasi hamda “Work-out” maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi.
    Mahallada bugunga qadar yo‘lovchilar uchun kutish bekati mavjud bo‘lmagan. Dastur doirasida savdo do‘koni va yo‘lovchi kutish qismini o‘z ichiga olgan yangi zamonaviy bekat qurilishi natijasida tadbirkor tomonidan 4 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.
    Bundan tashqari mahalla hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit hisobidan yangi non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona tashkil etilib, natijada 3 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.

BUNDAN TAShQARI


Mirishkor tumanidan 2 ta ijtimoiy soha obyekti Guliston MFYdagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 6 mlrd. 298 mln. so‘mga qurilish ishlari amalga oshirilib foydalanishga topshirildi.
Obod QFYdagi 13-sonli maktab 6 mlrd. 842 mln. so‘m mablag‘ evaziga joriy ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.


“Ochiq budjet”dasturining 1 bosqichi bo‘yicha g‘olib deb topilgan 4 loyixalar jumladan:
-Mirishkor tumani Jeynov shifoxonasiga qo‘shimcha bino qurilishi (Oila hamshiralari majlislar zali, funksional diagnostika va labaratoriya qurish uchun 1 mlrd 57 mln so‘m;
-Mirishkor tumanidagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabga zamonaviy kutubxona va axborot-resurs markazi qurilishi uchun 1 mlrd 106 mln so‘m;


-Mirishkor tumanidagi 19-sonli maktabni joriy ta’mirlash (hududdagi asfalt va beton qoplamalarini yangilash) uchun 692 mln so‘m;
-Mirishkor tumanidagi 9-sonli maktabni moddiy texnika bazasini yaxshilash va kuzatuv kamerasi o‘rnatish (30 ta 43 lik Smart TV, 10 ta 15 ta Noutbuk, 10 ta monoblok, 10 ta planshet, 5 ta printer, 10 ta elektron doska va 8 ta invertor konditsioner bilan ta’minlash) uchun 200 mln so‘m;


“Ochiq budjet” (Mening yo‘lim) dasturi asosida g‘olib deb topilgan 2 loyixalar jumladan:
Navro‘z mahallasidagi 2 km yo‘llarini tamirlash uchun 1 mlrd 6 mln so‘m;


Avvona mahallasidagi 2.1 km yo‘llarini tamirlash uchun 1 mlrd 93 mln so‘m;


“Ochiq budjet” dasturining 4 bosqichi bo‘yicha g‘olib deb topilgan 4 ta loyixalar:

  1. QURILISh-TAЪMIRLASh SOHASIDA.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infiratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Mirishkor tumanining 25 ta mahalladagi ta’mirtalab yo‘llarning 50,6 km qismiga issiq asfalt yotqizildi, 2 ta mahallaning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi, 1 ta mahallaning elektr energiyasini yaxshilanadi va 1 ta mahallaning qabristoni obodonlashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 154-sonli protokoliga asosan;
    -Mirishkor TTB ga qarashli 27-son Guliston OP ga Qarashli «Kuxna Fazli» filiali binosini rekonstruksiya qilish uchun 2 mlrd 108 mln so‘m;
    -Mirishkor tumani “Oqmachit” MFY dagi 4-sonli maktabni mukammal ta’mirlash (624-o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash) uchun 5 mlrd 75 mln so‘m;

QUYOSh PANELLARI O‘RNATISh BO‘YIChA.


Hozirgi kunda elektr-energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish dunyo bo‘yicha global muammo bo‘lib, uning yumshatishning birdan bir yo‘li muqobil energiya yani Quyosh, shamol va gidroenergiyalardir.


Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 16-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori ijrosi bo‘yicha joriy yilda 203 ta obyektlarda 2 400 kVt quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda tuman bo‘yicha jami 1 393 kVt quyosh panellari o‘rnatilib reja 58,0 % foizga bajarilmoqda. Taxlil qilib o‘tadigan bo‘lsam,

  1. EKSPORT VA HUDUDIY DASTURLAR BO‘YIChA.
    Hurmatli deputatlar!
    Eksport bo‘yicha-Joriy yilning yanvar-dekabr oylari uchun 12.0 mln. dollar eksport amalga oshirilishi belgilangan shundan,
  1. 2024-YILDA BAJARILADIGAN UMUMIY VAZIFALAR.
    Hurmatli deputatlar!
    Sessiya qatnashchilari! 2024-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi maqsadli ko‘rsatkichlari belgilab olingan. Xususan:

Hurmatli Deputatlar,
Qadrli sessiya ishtirokchilari!

Bugun Sizlar bilan birga ulug‘ maqsadlarni belgilab, marrani baland olmoqdamiz. Oldinda bizni ulkan vazifalar, katta imkoniyatlar kutmoqda.
Bu yo‘lda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar bo‘lmasin, barchasini mardona yengib o‘tishga tayyormiz. Bunday ezgu ishlarda bizga Yaratganning o‘zi madadkor bo‘ladi, deb ishonaman.

Siz azizlarni, yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, cheksiz kuch-g‘ayrat, faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxt-saodat, fayzu-baraka tilab qolaman!

E’TIBORINGIZ UChUN RAHMAT!
Mirishkor tuman hokimi
F.Q.G‘ulomov