Qadrli tumandoshlar!

Muqaddas dinimizning insonparvarlik, mehr-muruvvat va ezgulik kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon boʻladigan Ramazon hayit bilan tumanimizdagi barcha moʻmin-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy muborak bod etaman.

Barchamizni ushbu qutlugʻ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.

Yana bir bor Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Bayram muborak boʻlsin azizlarim!

Sherali SANAYEV,
Mirishkor tuman hokimi