Mirishkor tuman hokimining Do‘stlik mahallasidagi 26-sonli maktabda orzu-umidlar bilan to‘lgan navqiron, azmu shijoatli bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylangan. Zamonaviy taraqqiyot talablari asosida ta’lim-tarbiya olgan yosh avlod vakillarini oliy ta’limga jalb etish, kelajak poydevorini mustahkamlash rahbarlar oldidagi yana bir muhim vazifaga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-aprel kuni xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida muallimlar salohiyati va oʻquvchilarning oliygohlarga kirish darajasi ancha pastlagani ta’kidlab o‘tildi.

‘Xalqimiz bizga eng katta boyligini – zurriyodini ishonib berayapti. Bu juda katta masʼuliyat. Shuni his qilib, oʻzimizni qiynab, maktabni isloh qilsak, kelajakka zamin yaratamiz’, deya Sherali Sanayev uchrashuvda Davlat rahbari so‘zlarini keltirdi.

Tumanda ilgʻor metodikalarni joriy etish maqsadida ish rejalari tuzilishini ma’lum qilgan hokim har bir bitiruvchi bilan alohida suhbatlashib, ularga malakali o‘qituvchilarni biriktirish haqida aytib o‘tdi. Ta’lim natijadorligi va sifatini oshirish, pedagoglar malakasiga alohida e’tbor qaratish borasida bir qator vazifalar belgilab olindi.