Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi sessiyasidan:

Assalomu alaykum. Hurmatli deputatlar, qadrli sessiya ishtirokchilari!

Avvalo shuni alohida eʼtirof etib, aytmoqchimanki, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar va islohotlarning barchasi xalqimiz manfaatlarini ifodalash, yurtimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yoʻlida uzoqni koʻzlab yuritilayotgan pragmatik oqilona siyosatning samarasi ekaniga hech shubhasiz, har birimiz amin boʻlmoqdamiz.
Xabaringiz bor, respublika boshqaruvi tarixida hech bir kuzatilmagan amaliyot, yaʼni, Davlat boshqaruvi organlarining keng jamoatchilikka amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan vazifalar ijrosi yuzasidan murojaatnomalar orqali hisobot berib borish shaklidagi yangi amaliyoti, aynan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Davlat rahbari lavozimiga kelgach, yangi Oʻzbekistondagi yangicha xalqchil boshqaruv ish uslubi sifatida ommalashib, fuqarolarimiz eʼtiborini oʻziga qaratmoqda.

Hurmatli Deputatlar!

Endi ruxsatlaringiz bilan, joriy yil yakuni va kelgusi yaqin yillarda tumanda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy asosiy koʻrsatkichlar va ularning natijalariga toʻxtalib oʻtsak.
I. 2021 yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy asosiy koʻrsatkichlar va natijalar.
Mirishkor tumanida 2021 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida dastur ishlab chiqilib, joriy yilning oʻtgan davrida dasturning ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

Barchangizga maʼlumki, Davlat dasturida 2 ta katta ustuvor yoʻnalish mavjud boʻlib bular:
Birinchisi – Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash.
Ikkinchisi – Aholi salomatligini mustahkamlash.
Davlat Dasturi ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida tumanimizda 5 ta yoʻnalish va 95 ta banddan iborat dastur ishlab chiqildi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish yoʻnalishida 3 ta soha 26 ta banddan iborat boʻlib, shundan, aholi salomatligi mustahkamlashda 12 ta band, Madaniyat, sanʼat va sportni yanada rivojlantirishda 8 ta band hamda taʼlim va fan sohasida 6 ta band.

Davlat Dasturining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash
yoʻnalishi doirasida.

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni 2 ta muhim yoʻnalishda:
Birinchi yoʻnalish – yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash.
Ikkinchi yoʻnalish – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish.
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida 1 ta boʻlim, 1 ta kichik soha va 10 ta banddan iborat.
Tumanimizda bugungi kunda 121 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilib kelmoqda. Shundan 20 891 nafari (18%) ni 18-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi.

Joriy yilning oʻtgan davrida 1050 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning 949 nafari (90,3 %) xususiy sektor va davlat korxonalariga ishga joylashtirildi.
Yoki, 751 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yoshlarning 541 nafari (72,0 %)ga 10 mlrd. 444 mln. soʻmga yaqin kredit mablagʻlari ajratildi. 537 nafar kasb-hunarga oʻqish istagini bildirgan yoshlarning 510 nafari (94,9 %) tikuvchilik, tadbirkorlik, payvandchilik, haydovchilik, pazandachilik, oshpazlik yoʻnalishlarida oʻqitildi.
Hozirgi kunda ham tuman markazida joylashgan Jasmina YATT tomonidan 45 nafar qizlar tikuvchilik yoʻnalishida oʻqitilmoqda. 813 nafar qishloq xoʻjaligida ishlash istagini bildirgan yoshlarning 813 nafari 0,1-1,0 gektargacha (100 %) yer maydonlari ajratib berildi.

Bundan tashqari 435 nafar yoshlarga gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin ekib daromad olishlari uchun 0,25-0,50 gektargacha, jami 177 gektar yer maydonlari ajratilib, daromad olishlariga zamin yaratildi.
Hozirgi kunga qadar 19 nafar yoshlarga har biriga 980 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam uchun mablagʻ toʻlab berildi. 145 nafar yoshlarga jami 220 mln. 715 ming soʻm mablagʻ ajratildi.
Masalan, 125 nafar yoshlar “BS” toifali haydovchilik kursiga, 20 nafar elektrik va payvandlagichch yoʻnalishiga toʻlov pullari toʻlab berildi va oʻqitildi.
Oʻz navbatida, 263 nafar yoshlarga oʻzini-oʻzi band qilishlari uchun 425 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, 161 dona tikuv mashinasi, 91 dona asbob-uskunalar subsidiya asosida olib berildi.
Tumanda yoshlar bilan olib borilgan ishlar natijasida yoshlar daftariga kiritilgan 2843 nafar yoshlardan, jami 2715 nafari (95,2 %) yoshlarning band qilinishiga erishildi va “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.
Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish” boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga asosan besh muhim tashabbus doirasida;

Davlat dasturining aholi salomatligini mustahkamlash yoʻnalishida:

Tumanda 123 ming 451 nafar aholiga hozirgi kunda 12 ta davolash profilaktika va yordamchi muassasalar tibbiy xizmat koʻrsatadi.
Jumladan, 1 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 4 ta oilaviy poliklinikalar 3 ta oila shifokorlik punktlari, 3 ta shifoxonalarar, 1 ta markaziy koʻp tarmoqli shifoxona birlamchi tibbiy sanitariya xizmatini koʻrsatadi.
Davolash-profilaktika muassasalari zaxirasida jami 44 turdagi 200 mln. 411 ming soʻmlik dori vositalari mavjud boʻlib, ulardan 38 turdagi dori vositalarning 6 turdagisi 70 mln. soʻmlik zaxira qilingan.
Joriy yilda 2 marotaba “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun” shiori ostida salomatlik aksiyasida Respublika tibbiyot markazlaridan, 5 ta oliy tibbiy taʼlim muassasalaridan 8 nafar, viloyat tibbiyot muassasalaridan 45 nafar mutaxassislar tibbiy koʻrikka jalb etilib, mavjud 37 ta mahallalarning 23 077 xonadonida yashovchi 121 ming nafarga yaqin fuqarolari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillaridan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tibbiy xizmatga muhtojlarning salomatligini tiklash maqsadida mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 301 mln. soʻm mablagʻlar ajratildi.
2021 yil 01 apreldan aholini koronavirusga emlash ishlari boshlangan. 65 298 nafar aholi emlanishi zarur boʻlib, hozirda 49 870 nafar (76,4 %) aholi emlandi.
Tuman aholisini xatlov va antropometrik tekshiruvdan oʻtkazish maqsadida 37 ta tibbiy brigadalar tashkil etilib, ularni tibbiy jihozlar bilan taʼminlash maqsadida tuman mahalliy byudjetidan 50 million soʻm mablagʻ ajratildi.
Hududlarda birlamchi tibbiy yordam xizmati sifatini yaxshilash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha amaliy chora tadbirlar:

Tibbiy xizmatni yanada yaxshilash maqsadida 4 ta oilaviy poliklinikalar zamonaviy ultratovush diagnostika apparati va EKG bilan taʼminlandi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi asosida Zafar va Boʻston qishloqlarida jami 1,5 mlrd soʻmlik 2 ta oilaviy poliklinikalar barpo etildi.
Tuman aholisining 47,3 ming. nafari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 11.3 ming nafar bemor aniqlandi.
Aniqlangan bemorlarning 8,7 ming nafari ambulatoriya, shundan 3.1 nafari statsionar, 74 nafar sanatoriylarda sogʻlomlashtirildi.

Davlat dasturining maktabgacha taʼlim sohasida.

Oʻtgan 2020 yilning 31 dekabr holatida tumanda 3-7 yoshli bolalar soni 9 393 nafar boʻlib, 5 632 nafari (60,0 %) 96 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (19 ta davlat MTMlarda 3 185 nafar, 11 ta DXSH MTMlarda 940 nafar va 65 ta oilaviy MTTlarda 1 507 nafar) qamrab olingan edi.
2021 yilning noyabr holatida tumanda jami 40 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 9 992 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud boʻlib, Mirishkor tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli davlat, DXSH asosidagi va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hozirgi kunda 3-7 yoshli bolalardan 7 338 nafari qamrab olingan.
Bugungi kunda qamrov foizi 73,4% ni tashkil etmoqda. Tumanda jami 161 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda, shundan:
20 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
11 ta DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
130 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jami 234 nafar pedagoglardan 65 nafari (28 %) oliy, 169 nafari oʻrta-maxsus maʼlumotli (72 %) xodimlarni tashkil etadi.

Davlat dasturining xalq taʼlimi sohasida.

Oʻtgan 2020 yilda tumanda 40 ta maktab faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, joriy 2021 yilda maktablar soni 42 taga yetkazilib, 2 ta yangi maktab ochildi va 1-sonli maktab ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi.
Maktablarda jami 21 511 nafar oʻquvchilar taʼlim–tarbiya olishmoqda.
Shunga koʻra, Mirishkor tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida jami 3427 nafar bitiruvchilar mavjud boʻlib, ulardan 9-sinf bitiruvchilari 1785 nafarni tashkil qilib, shundan 1738 nafari oddiy, 47 nafari “aʼlo” darajali shahodatnoma oldi.

Joriy yilda 11-sinf bitiruvchilari soni 11 639 nafarni tashkil etib, 5 nafar oʻquvchi kumush ,13 nafar oʻquvchi oltin medal bilan taqdirlandi.

2020 yilda 1 717 nafar 11 sinf bitiruvchilarining 142 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan boʻlsa, 2021 yilda 1639 nafar 11 sinf bitiruvchilarining 218 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan. Oʻtgan yilga nisbatan 76 nafarga koʻpaygan.
Investitsiya dasturi asosida 2021 yilda 2 ta (3,28-maktablar), “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 2 ta (16,36-maktablar) taʼlim muassasalarida mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.
2021 yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3-iyundagi 284-F-sonli farmoyishiga asosan 28 ta maktablar joriy taʼmirlandi. 2021 yilda barcha maktablar optik tolali internet tarmogʻiga ulandi.

2021 yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da kutilayotgan iqtisodiy asosiy koʻrsatkichlar va natijalar.

Joriy yil 1 dekabr holatidagi iqtisodiy koʻrsatkichlarni, oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda:
Sanoat ishlab chiqarish hajmi 130,5 foizni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmi 101,4 foizni, qurilish pudrat ishlari hajmi 105,2 foizni, chakana savdo aylanmasi hajmi 100,9 foizni, xizmat koʻrsatish hajmi 116,8 foizni, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish hajmi 103,7 foizni, tashkil qilib, jadal oʻsish surʼatlari taʼminlandi.
Aholi jon boshiga, Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 mln soʻmga, xizmatlar 2,9 mln soʻmga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 9,8 mln soʻmga toʻgʻri keldi.
Aholining real daromadlari bir kishiga oʻrtacha 1 mln. 691 ming soʻmni tashkil qiladi.
Tumanda oʻtgan joriy yilning 11 oyligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga 2 mln 500 ming soʻmdan, oʻsish surʼati 130,6 foizga toʻgʻri keldi. Xizmat yoʻnalishida aholi jon boshiga 2 mln 940 ming soʻmdan, oʻsish surati 114,4 foizga toʻgʻri keldi.

Hurmatli deputatlar!
Qadrli sessiya ishtirokchilari!

Amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakunida xizmatlar hajmi 470,6 mlrd.soʻmga yetkaziladi va yillik oʻsish surʼati kamida 111,4 foiz darajasida taʼminlanadi.
Joriy yilda tumanda iqtisodiyotning barcha yoʻnalishlari boʻyicha 108,0 mlrd. 581 mln. soʻm investitsiyalar hisobiga 71 ta loyihalar ishga tushirildi.
Xususan, sanoat sohasida 7 ta (5 mlrd. 970 mln.soʻm), xizmat koʻrsatishda 9 ta (6 mlrd. 941 mln.soʻm), qishloq xoʻjaligida 55 ta (95 mlrd. 670 mln.soʻm) loyihalar ishga tushirildi.
Bundan tashqari, yil oxiriga qadar investitsiya dasturiga kiritilmagan sanoat sohasidagi umumiy qiymati 140 mlrd. soʻm boʻlgan 4 ta yirik loyiha klaster korxonalari tomonidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyihalar ishga tushirilishi natijasida joriy yil yakuniga qadar 1100 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda loyihalar hisobidan 277 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Iqtisodiyotga 4 mln. 460 ming AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Tumanda mavjud 1 ta kichik sanoat zonasi va 1 ta yoshlar kichik sanoat zonasida (2,5 gektar) joylashtirilgan 37 ta loyihadan 22 tasi ishga tushirilgan va 26 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Shuningdek, Yangi Mirishkor MFYda joylashgan 1,35 gektarlik kichik sanoat zonalarida 15 ta lotlar hozirda YE-auksionga qoʻyilgan.
Tumanda 1852 ta kichik tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan (1136 ta yuridik, 716 ta YATT).
Kichik biznesning ulushi sanoatda 32 foizni, qishloq xoʻjaligida 99,0 foizni, kapital quyilmalarda 89,4 foizni, qurilish ishlarida 100 foizni, chakana savdo aylanmasida
98,3 foizni, xizmat koʻrsatishda 90,8 foizni, byudjet tushumida esa 52 foizni tashkil etadi.
Natijada, bugungi kunda har 1000 iqtisodiy faol aholiga toʻgʻri keladigan subʼekt soni 30 birlikka yetdi (2016 yilda 10 birlik boʻlgan)
2021 yilning 11 oyida 376 ta, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 160,7 foiz yangi kichik biznes subʼektlari tashkil etildi (reja 425 ta, rejaga nisbatan — 49 ta). Oʻtgan yilga nisbatan taqqoslaganda 2020 yilda 240 tani tashkil etgan. Joriy yilda bu koʻrsatkich 150 taga oshgan.
2021 yil yakuni bilan sanoat 134,1 %ga (397 mlrd.soʻm), qishloq xoʻjaligi 104,7 %ga (1 trln 682 mlrd.soʻm),
pudrat ishlari 107,7 %ga (136 mlrd.soʻm), xizmatlar 116,1 %ga
(430 mlrd.soʻm) oʻsishi kutilmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davrida esa 43 ta subʼektning faoliyati tiklandi (reja 42 ta). 102,3 foizda bajarildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha 1049 ta loyihalarga 22,4 mlrd.soʻm kreditlar ajratildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 948 nafar aholini bandligi taʼminlandi.
“Ayollar daftari”ga kirgan 189 nafar xotin-qizlarga 700 mln 529 ming soʻm tuman tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.
“Yoshlar daftari”ga kirgan 751 nafar yoshlarga oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlari uchun kredit olish istagini bildirganlar shundan bugungi kungacha 541 nafar yoshlarga 10 mlrd 444 mln soʻm bank tomonidan imtiyozli kredit ajratilgan.
Mahalliy byudjet uchun joriy yilda belgilangan
52 mlrd. 744 mln. 187 ming soʻm byudjet rejasi amalda 85 mlrd. 551 mln 898 ming soʻmga bajarildi. Yoki, belgilangan mahalliy byudjet rejasi 162,2 foizga rejadan oshirib bajarildi.
Shu oʻrinda bir tahlilni keltirib oʻtmoqchiman.
Ushbu olib borilayotgan oqilona byudjet siyosati natijasida rejadan oshirib bajarilgan byudjet rejasi qismidan 3 ta chorak yakuni boʻyicha jami 11 mlrd. 480 mln. soʻm mablagʻlar tuman hokimligi tasarrufiga qoldirilishi natijasida, tumandagi koʻpgina ijtimoiy masalalar oʻz yechimini topdi.
“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida 1 141 ta oilaga 1 mlrd. 448 mln. soʻmlik moddiy yordamlar koʻrsatildi.
Jumladan, 31 nafar fuqaroga 290 mln. soʻm davolanish uchun, 28 nafar fuqaroga 340 mln. soʻm
uy-joylarni taʼmirlash uchun, 115 nafar fuqaroga 211 mln. soʻmlik bir martalik moddiy yordam va 905 nafar fuqarolarga 491 mln. soʻmlik boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi.
Hozirda daftarda qolgan mehnatga layoqatli aʼzolari boʻlmagan 45 ta oila jamgʻarma mablagʻlari hisobidan doimiy
oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan taʼminlab borilmoqda.

II. 2022 yilda rejalashtirilgan asosiy vazifalar va maqsadli parametrlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarda saylovoldi nutqlarida belgilangan maqsadlarni kelib chiqib)
Tumanni 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi maqsadli koʻrsatkichlari belgilab olingan.
Xususan:

III. 2022 yilda tuman iqtisodiyotini rivojlantirish va investitsiyaviy loyihalar hajmini oshirish, aholi bandligini taʼminlash hamda aholi kambagʻalligini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar.

1) Investitsiyaviy loyihalar asosida:
2022 yilda jami umumiy qiymati 759 mlrd. 172 mln. soʻm boʻlgan 47 ta loyihalar shakllantirilib, tumanda 2 725 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. Xususan, sanoat sohasida 640 mlrd. 500 mln. soʻmlik 19 ta loyihalar;

Eʼtiborli tomoni shundaki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-sonli qarorlariga asosan tumanda paxta va gʻalladan qisqartiriladigan sugʻoriladigan 691 gektar yer maydonining 200 gektari aholiga dehqon xoʻjaliklari sifatida ajratib berilib, kooperatsiya asosida tomat pastasi ishlab chiqarish korxonasiga bogʻlanadi.
Korxona tomonidan pomidor ishlab chiqaruvchi dehqon xoʻjaliklariga urugʻ va zaruriy mineral oʻgʻitlar hamda agrotexnik tadbirlar uchun xarajatlar qoplab beriladi va agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri tashkil etishga koʻmaklashish uchun mutaxassis agronomlar jalb etiladi.
Soʻngra, yetishtirilgan tayyor pomidor mahsuloti markazlashtirilgan tartibda tomat pastasi ishlab chiqaradigan korxonaga topshiriladi.
Mazkur loyiha orqali 50 sotixdan tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarida kamida 400 nafar ishsiz aholi doimiy ish bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari, yangi tashkil etilayotgan tomat pastasi ishlab chiqarish korxonaning oʻzida 50 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi taʼminlanadi.
Shuningdek, joriy yil boshida tumanning asosiy oʻsish nuqtalari sifatida 5 ta asosiy oʻsish nuqtalarini (drayver) belgilagan edik.
Chorvachilik, paxtani qayta ishlash, gʻallachilik klasterini tashkil etish orqali un zavodini qurish, yangi issiqxonalar tashkil etish yuzasidan bir qator ijobiy natijalarga erishgan boʻlsak-da, asosiy oʻsish nuqtalaridan biri hisoblangan baliqchilik sohasini yetarli darajada rivojlantira olmadik.
Kelgusi yilda tumanimizdagi mavjud 2 ta yirik tabiiy koʻllar Achinkoʻl va Sechankoʻl suv havzalarida intensiv va yarim intensiv usullarda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish bilan bir qatorda, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sohil boʻyi turizmini rivojlantirishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻydik.
Bu sohani rivojlantirish uchun aniq manzilli reja va hisob-kitoblarimiz bor.
Aynan shu loyihani ishga tushishi natijasida tumanda xizmat koʻrsatish sohasi rivojlanib, natijada tuman yalpi ichki mahsuloti hajmida xizmat koʻrsatish ulushi ortadi.

Mahallalarda “hokim yordamchi” lari tizimini yoʻlga qoʻyish, aholini biznesga jalb qilish va ijtimoiy himoya qilishning asosiy instrumentlari.

2022 yilda tumanda yangi tizim asosida tashkil etilgan Hokim yordamchilari boshqaruv instrumenti orqali aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy koʻmaklashish, ularning daromadli mehnat bil mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambagʻallikni qisqartirish maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi.
Mazkur hokim yordamchilari tomonidan hozirgi kunda xonadonbay oʻrganish va xatlovdan oʻtkazish ishlari jadal olib borilmoqda.
Birgina, kelgusi 2022 yilda xizmat koʻrsatish sohasida 422 ta yangi tadbirkorlik subʼektlari hokim yordamchilarini tashabbuslari bilan tashkil etiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha 1210 ta xonadonga 36 mlrd. soʻm imtiyozli bank krediti mablagʻlari ajratiladi.
Qishloq xoʻjaligida paxta va gʻalladan qisqartiriladigan 691 gektar sugʻoriladigan yer maydoni hisobiga oʻrtacha 50 sotixdan 1332 nafar fuqaroning doimiy bandligi taʼminlanadi.
Tumandagi MFYlarda istiqomat qilayotgan kam daromadli, ehtiyojmand, kambagʻal oilalarni kambagʻallik qatlamidan chiqarish boʻyicha 465 nafar fuqaroga Davlat tomonidan moliyaviy subsidiyalar maqsadli ajratiladi.
Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 1603 nafar ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi taʼminlanadi.
Aholi shaxsiy tomorqasida kooperatsiya birlashuvi asosida 1236 nafar fuqaroni doimiy bandligi taʼminlanadi.
Kelgusi 2022 yilda mavsumiy jamoat ishlariga jalb qilish orqali 456 nafar fuqaroni bandligi taʼminlanadi.
Yangi kichik biznes subʼektlari tashkil etish orqali 760 nafar fuqaroning doimiy bandligi taʼminlanishi koʻzda tutilgan.
Ayni vaqtda, tuman bandlik boʻlimi orqali olingan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 5 586 nafar fuqarolarning ishsizligi aniqlangan.
Yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlar orqali kelgusi 2022 yilning oʻzida 7062 nafar ishsiz fuqarolarning doimiy bandligini taʼminlash boʻyicha yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali, amaldagi 5586 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanadi va mehnat bozoriga yangidan kirib keladigan mehnat resurslari uchun 1476 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Bundan tashqari, joylardagi hokim yordamchilari tomonidan tumandagi mavjud 40 ta mahallani oʻsish nuqtalari (drayverlari) aniqlanganda, 35 ta MFY dehqonchilik yoʻnalishida, 39 ta MFY chorvachilik yoʻnalishida, 11 ta MFY parrandachilik, 22 ta MFY issiqxona va 19 ta MFY sanoat yoʻnalishida ixtisoslashuv oʻsuv nuqtalari aniqlandi.
Bevosita joylardagi hokim yordamchilarining tashabbuslari va oʻrganishlari natijasida 38 ta inkubator qilish yoʻnalishida sigʻimi 51 ming dona tuxum ochishga moʻljallangan parrandachilik sohasida, 24 ta mahsulotlarni sovutgich saqlash orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan tashabbuskor fuqarolar aniqlandi.

Tumanda qishloq xoʻjaligi va aholi tomorqalarini rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan ishlar.

Mirishkor tumanida bugungi kunda jami 1376 ta fermer xoʻjaliklari mavjud. Xususan, paxta-gʻalla yoʻnalishi boʻyicha 1074 ta fermer xoʻjaliklari, 406 ta dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular bogʻdorchilik, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa sohalari bilan shugʻullanib kelmoqdalar.
Tumanda joriy yilda oborotdan chiqqan 600 gektar yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash maqsadida, 16 km zovur va 108 km latok hamda ariqlar tozalandi.
Bu ishlarimizni 2022 yilda ham davom ettirib, yana 500 gektar oborotdan chiqqan yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi.
2022 yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish boʻyicha 167 ta fermer xoʻjaliklarining 4140,0 gektar maydoni, jumladan 132 ta fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalarining 3540,0 gektar yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish, 35 ta fermer xoʻjaliklarining 600,0 gektar yer maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilamiz.

2022 yil hosili uchun 345,0 gektar dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida toʻqsonbosti usulida eksportbop sabzavot va poliz ekinlari ekildi. Jumladan, 112,0 gektar maydonga piyoz, 123,0 gektar maydonga sabzi, 87,0 gektar maydonga koʻkatlar va 22,0 gektar maydonga karam ekildi.
Tumanda bugungi kunda 20 ming 230 ta xonadonda 3 ming 150 gektar tomorqa yer maydoni boʻlib, ushbu tomorqadan samarali foydalansa qishloq xoʻjalik mahsulotlari narx-navosi bozorda barqaror boʻlishiga erishiladi.

IV. Aholining uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha vazifalar.
a) uy-joy qurish rejalari. “Yangi Oʻzbekiston» massivlarini barpo etish boʻyicha vazifalar:

Aholini uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida joriy yilda 40 xonadonli 2 ta barcha qulayliklarga ega boʻlgan uy-joylar qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. 2 tasida qurilish ishlari davom ettirilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan muhim vazifalardan kelib chiqib, Mirishkor tuman Yangi-Jeynov mahallasi hududida 4 gektar yer maydonida 5 qavatli 15 ta 300 ta xonadonga moʻljallangan zamonaviy koʻp-qavatli uy joylar hamda ijtimoiy soha obʼektlarini oʻz ichiga olgan “Yangi Oʻzbekiston” massivini barpo etish ishlari boshlangan.
“Yangi Oʻzbekiston” massivini barpo etish ishlarida 13 km tabiiy gaz quvurlari, 3,0 km ichimlik suvi, 1,5 km kanalizatsiya tarmogʻi, 1 ta (250 TP) transformator, 5,0 km havo liniyasi tortish kabi muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish ishlari amalga oshiriladi.

b) «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida tanlab olingan 2 ta Boʻston va Zafar qishloqlarida, 32,0 km ichki yoʻllar joriy va mukammal taʼmirlandi shundan 16 km asfaltlashtirildi, 13.5 km elektr uzatish tarmoqlari yangi qurildi, 82 dona yangi temir beton ustunlar oʻrnatildi, 2 dona transformator punktlari oʻrnatildi, 19.5 km ichimlik suv tarmogʻi tortildi, 2 dona suv inshooti qurilib foydalanishga topshirildi, 70 dona maishiy gaz ballonlari tarqatildi, 8 km piyodalar yoʻlakchasi, 6 km velodorojka, 4 km salomatlik yoʻlakchalari qurildi, 70 dona tungi koʻcha yoritish chiroqlari oʻrnatildi, 2 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari maʼmuriy binolari rekonstruksiya qilindi, 2 ta oilaviy shifokor punkti rekonstruksiya qilindi, 2 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi, 2 ta maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari qurilib foydalanishga topshirildi.
2022 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida tumandagi “Vori” va “Ayzabod” MFYlarida obodonlashtirish hamda qurilish-taʼmirlash ishlari olib boriladi. Bu jarayonlarda 6 km piyodalar yoʻlakchasi, 2 km velodoroga, 4 km koʻcha chiroqlari quriladi va oʻrnatiladi.

v) «yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt ekish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish:
“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Mirishkor tumanidagi 40 ta mahalla, 23 ta qishloq, 3 ta shaharcha va 324 dan ortiq koʻchalarni obod qilish, mevali va manzarali koʻchatlarni oʻtqazish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 2021 yil kuz va 2022 yilning bahor mavsumlarida tumanda 914 ming 700 dona mevali va manzarali koʻchatlarni ekish reja qilingan boʻlib, 209 ming dona tut koʻchatlari, 4 ming dona akatsiya, 300 dona chinor, 5 mingta jiyda, 400 ta yongʻoq, 1,5 ming dona behi, 13 ming dona uzum, 3 ming dona virgin archasi, 2,5 ming ta sharq tuyasi, 300 ta daraxt qalamchalari, 180 mingta manzarali koʻchat va butalar hamda boshqa turdagi 62 ming dona koʻchatlar ekish ishlari faol davom ettirilmoqda.
V. Mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va ochiqligini taʼminlash.
a) davlat organlarining mahalliy kengashlar hamda jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 14 sentyabrda “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisi”dagi №OʻRQ-636-sonli qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunning 20-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 11 dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisi”dagi qarori qabul qilinib, ushbu qarorda tuman, shahar Kengashi kotibiyati tuzilmasini tuzish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilgan.
Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi kotibiyati tashkil etilib, tuman Kengashi kotibiyati ish rejasiga asosan Xalq deputatlari mahalliy Kengash tomonidan joylardagi davlat boshqaruv organlari rahbarlarining qonunchilikda belgilangan masalalar yuzasidan hisobot va axborotlarini eshitib borish vazifasi belgilab berilgan.
Shundan kelib chiqqan xolda, Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi tomonidan 2021 yilning oʻtgan davri davomida 12 ta sessiya oʻtkazilib, 48 ta sessiya qarorlari qabul qilindi.
Davlat organlarining mahalliy kengashlar hamda jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish maqsadida tumandagi tashkilot va idora rahbarlarining axborot va hisobotlarini eshitib, 21 ta tegishlicha qarorlar qabul qilingan.
b) davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash;

Xabaringiz bor, 2020 yil 07 dekabrda Mirishkor tumanidagi Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirilgan edi.
Ushbu markaz zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Markaz binosi qurilishi jarayonida uning zamonaviy shaharsozlik standartlariga muvofiqligi va fuqarolar, xususan, nogironligi bor insonlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berilgan.
Markazda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanish uchun qurilma, bolalar maydonchasi, bufet, mini-kutubxona va WiFi mavjud.
Markazda mustaqil ravishda davlat xizmatlaridan foydalanishning turli imkoniyatlari toʻgʻrisida tashrif buyuruvchilar xabardorligini oshirish maqsadida plakatlar va axborot stendlari oʻrnatilgan.
Bu yerda boshqa aksariyat Davlat xizmatlari markazlaridagi kabi, eksterritorial asosda, yaʼni fuqaroning doimiy yashash joyidan qatʼiy nazar xizmatlar taqdim etiladi.

Tumandagi Davlat xizmatlari markazida 150 dan ortiq davlat xizmatlari taqdim etiladi. Markaz aholining barcha qatlamlariga, shu jumladan yosh bolali ayollar, turli guruhdagi nogironligi bor insonlar, yoshlar va qariyalarga moʻljallangan.
123 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Mirishkor tumanida aholining 2026 nafari yoki, 1,8 foizini nogironligi boʻlgan insonlar tashkil qiladi. Ulardan 241 nafari nogironlar aravachalari yordamida harakatlanadi va 65 nafari koʻzi ojiz fuqarolardir.
Davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazida panduslar, tutqichlar, shuningdek, nogironlik aravachalari, Brayl alifbosidagi maxsus axborot stendi bilan taʼminlangan.

v) jinoyatchilikni oldini olish va kamaytirish boʻyicha.

Mirishkor tuman hududida 2021 yil 11 oy davomida jami 147 ta (2020 y 97 ta) jinoyat sodir etilgan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 50 taga yoki 51,5%ga oshgan. Aholi hisobida olinganda har 100 ming aholiga nisbatan 120 % ga oshgan.

Jinoyatlarni turlari boʻyicha eng koʻp sodir etilganlari:
-Firibgarlik 25 ta (2020 y 7 ta) 18 taga yoki 257.0% ga oshgan;
-Oʻzlashtirish 20 ta (2020 y 16 ta) 18 taga yoki 25.0% ga oshgan;
-Oʻgʻirlik jinoyati 15 ta (2020 y 7 ta) 8 taga yoki 114.2% ga oshgan;
-Yengil tan shikasti yetkazish jinoyati 9 ta (2020y 6 ta) 3 taga yoki 50.% ga oshgan;
-Bezorilik jinoyati 5 ta (2020y 0 ta) 5 taga yoki 100.0% ga oshgan;
-Oʻlim bilan bogʻliq YTX 4 ta (2020y 1 ta) 3 taga yoki 300.0% ga oshgan;
-Ogʻir tan jarohat 2 ta (2020 y 6 ta) 4 taga yoki 66.6% ga kamaygan;
-Oʻzlashtirish jinoyati 20 ta (2020y 16 ta) 4 taga yoki 25.0% ga oshgan;
Tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar mexanizmini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish lozim:

  1. Tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish va boshqa aniqlangan tizimli muammolarni hal etish hamda kelgusida jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida tuman xokimligi va huquq-tartibot idoralari (prokuratura, IIB, DSI) rahbarlaridan iborat “Muvofiqlashtiruvchi kengash” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
    1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-son Qaroriga asosan Mirishkor tumani hududida sodir etilgan jinoyatlar tuman sektor rahbarlari hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilab olish;
    3.Tuman hududida jinoyat qidiruv faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha (giyohvandlikning noqonuniy aylanmasini oldini olish, odam savdosi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, uyushgan jinoyatchilikka barham berish) mahallalarda yashovchi va uzoq muddatga chet ellarga ishlash uchun ketib qaytib kelgan shaxslar bilan tezkor profilaktik ishlar amalga oshirilib, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtishlar taʼminlandi va giyohvandlik moddalari bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash boʻyicha mahallalarda yashovchi giyohvandlik moddalari bilan bogʻlik jinoyatlarni sodir etganligi uchun muqaddam sudlanganlar va giyohvandlar bilan tezkor profilaktik ishlar amalga oshirish.
  2. Mirishkor tumani hududida 2021 yilning 11 oyi davomida sodir etilgan 147 ta jinoyatlarni sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilinib, tahlillardan kelib chiqqan holda “jinoyat oʻchoq”larini bartaraf etish boʻyicha alohida chora-tadbirlar belgilanib, aholi orasida jinoyatga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish boʻyicha profilaktik tushuntirish-targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish;
  3. Joriy yilning 11 oy yakuni boʻyicha tumandagi
    “qizil” (15 ta, Yangi Mirishkor, Avvona, Obodon, Oʻzbekiston, Zafar, Boʻston, Chamanzor, Shirin, Doʻstlik, Pomuq, Tinchlik, Oltin Boshoq, Shodlik, Chandir, Madaniyat),
    “sariq” (6 ta, Yangi Jeynov, Yangi ariq, Jeynov, Mirobod, Obod, Gulobod) mahallalarning har biriga sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari boshliqlari va oʻrinbosarlarini biriktirilib, biriktirilgan masʼullar tomonidan mahallada har kuni jinoyatchilik ahvolini tahlil qilib, uning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni belgilash va ijrosini taʼminlash amaliyotini yoʻlga qoʻyilib, jinoyatchilik tahlili asosida kriminogen vaziyati ogʻirlashib borayotgan mahallalarga qoʻshimcha kuch-vositalarni jalb etilib, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash choralarini koʻrish;
  4. Tuman hududidagi oʻgʻrilik jinoyatlari koʻp sodir etilayotgan mahallalarda aholi xonadonlari va savdo obʼektlarini kuzatuv kamera qoʻyish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirib borish.
    Ayni vaqtda, umumiy hisobda tuman hududida yoʻl va binolarga jami 432 ta kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.

IV. Xalq oldida 2022 yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalar yuzasidan kafolat berish.

Buning uchun, 4 ta sektor boshchiligida har bir tashkilot rahbarlari bilan bir qatorda, tumanimizning barcha aholisi tuman iqtisodiyoti rivojiga befarq boʻlmasdan, Yangi Oʻzbekistonning yangi taraqqiyoti yoʻlidagi islohotlarda faol xayrxohlik bilan ishtirok etishi, masʼuliyat va javobgarlik tuygʻusini yurakdan his qilishi, yangicha ish prinsipi va zamonaviy yondashuv asosida ish faoliyatini toʻgʻri tashkil etishi, bir soʻz bilan aytganda, Prezidentimizning yuksak ishonchini oqlash uchun bir tanu-bir jon boʻlib, xizmat qilishimiz oʻta muhim bir hayotiy zaruriyatdir.
Men, shu fursat va imkoniyatdan foydalanib, yuqorida murojaatnomada keng jamoatchilikka taqdim etib oʻtilgan amaldagi loyihalar va manzilli Dasturlar ijrosini bor kuch-gʻayratim, bilim va tajribamni safarbar etgan holda, kelgusida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tuman aholisining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash yoʻlida Ona Vataniga, Prezidentiga sodiq bir davlat xizmatchisi sifatida belgilangan vazifalar ijrosini bajarilishini kafolatlayman.
Hurmatli Deputatlar,
Qadrli sessiya ishtirokchilari!

Bugun Sizlar bilan birga ulugʻ maqsadlarni belgilab, marrani baland olmoqdamiz. Oldinda bizni ulkan vazifalar, katta imkoniyatlar kutmoqda.
Bu yoʻlda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar boʻlmasin, barchasini mardona yengib oʻtishga tayyormiz. Bunday ezgu ishlarda bizga Yaratganning oʻzi madadkor boʻladi, deb ishonaman.

Siz azizlarni, yaqinlashib kelayotgan yangi 2022 yil bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, cheksiz kuch-gʻayrat, faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxt-saodat, fayzu-baraka tilab qolaman!

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Mirishkor tuman hokimi SH.CH.Sanayev

15-dekabr 2021 yil