2021 yilning 13-14 sentyabr kuni Mirishkor tuman IIB boshligʻi podpolkovnik M.I.Boʻriyev huzurida milliy boyligimiz sanalmish “Paxta” yigʻim terimida oʻgʻirlik va talon tarojlikni oldini olish, fermerlarimiz tomonidan yetishtirilgan “Paxta” ekin dala maydonlarini payhon qilinishini oldini olish boʻyicha barcha shaxsiy tarkibga, soha xizmat rahbarlarini mahalla tayanch punkti profilaktika inspektorlariga amaliy yordam berishi maqsadida biriktirib chiqilishini, ushbu biriktirilgan masʼul xodimlar mahalla profilaktika inspektori bilan fermer xoʻjaliklar dala maydonlarini va tungi jamoatchilik nazorat maskani postlarida tungi xizmat tashkil etilishini nazoratini toʻlaqonli olib borilishini nazorat qilishligi tushuntirilib, soha xizmat rahbarlari quyidagi profilaktika inspektorlariga biriktirildi:


  1. Yangi Mirishkor, Mirishkor, Oqmachit, Mirobod, Qumbangi, Obodon, va Oʻzbekiston MFYlarga boʻlim tashkiliy boʻlinma boshligʻi Mayor K.Suyunov unga yordam beruvchi profilaktika katta inspektorlari O.Elmuratov va kapitan M.Qanoatovlar va hudud profilaktika inspektorlaribiriktirildi.
  2. Yangiobod va Zafar MFYlarga hudud profilaktika inspektorlari kapitan U.Tagayev va B.Roʻziyevlar biriktirildi.
  3. Guliston QFY hududiga HPB boshligʻi podpolkovnik O.Bekkamov, EKG katta eksperti Mayor M.Pirmatov va xuxud profilaktika inspektori J.Yaxshiyevlar biriktirildi.
  4. Obod QFY xuxudiga JQB boshligʻi kapitan K.Qobilov va hudud profilaktika inspektori katta leytenant N.Allayev biriktirildi.
  5. Navbahor MFY hududiga boʻlim boshligʻining 1-oʻrinbosari podpolkovnik SH.Toʻrayev, HPB VE va YOOʻHP TEG ins leytenant F.Boʻriyev va hudud profilaktika inspektori katta leytenant E.Qobilov biriktirildi.
  6. Gulshanbogʻ, Vori, Boʻston MFYlarga boʻlim T va EQK guruhi katta tezkor vakili Mayor D.Haqberdiyev, va hudud profilaktika inspektorlari katta leytenant R.Badalov, leytenant I.Shomurodov, katta leytenant N.Mamatovlar biriktirildi.
  7. Chandir, Madaniyat, Yangi Hayot, Shodlik, Istiqlol MFYlarga hudud katta profilaktika inspektori mayor S.Doniyarov va hudud profilaktika inspektorlari Gʻ.Niyozboyev, O.Xabirov, I.Ochilov, Q.Niyozboyevlar biriktirildi.
  8. Yangi Jeynov, Avvona, Yangiariq,Ayzabod, Jeynov MFYlarga 3-sonli IIB boshligʻi Mayor S.Gʻulomov va hudud profilaktika katta inspektori katta leytenant K.Abdiyev profilaktika inspektorlari leytenant A.Xaydarov, leytenant M.Xalilov, katta leytenant A.Kenjayevlar biriktirildi
  9. Shirin MFY, Chamanzor MFY hududiga boʻlim JTSG inspektor Katta serjant F.Raxmonov va hudud profilaktika inspektorlari leytenant J.Mahmudov va katta leytenant K.Rustamovlar biriktirildi.
  10. Pomuq, Malla, Barhayot, Gulobod, Bahoriston MFYlarga 2-son IIB boʻlim boshligʻi kapitan F.Yuldoshev va JQB katta tezkor vakili mayor R.Achilov hamda hudud profilaktika inspektorlari kapitan X.Nazarov, katta leytenant A.Sultonov, leytenant D.Nayzaboyev, leytenant A.Qulmamatov, katta leytenant B.Doʻlanov va Z.Toshpoʻlatovlar biriktirildi.
  11. Oltinboshoq MFY hududiga boʻlim IIO Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan I.Diyarov, boʻlim M va FRG katta mutaxassisi mayor N.Elmurodov va hudud profilaktika inspektori katta leytenant X.Toshqulovlar biriktirildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida tuman IIB boshligʻi podpolkovnik M.I.Boʻriyev jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar tamonidan “Paxta” xom ashyosini talon-taroj qilinishini oldini olish, “Paxta” dala maydoniga chorva mollarini kirgizib payhon qilayotgan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi boʻyicha tegishli maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish, huquqbuzarlarga qonun ustuvorligi jazo muqarrarligi bilan taʼminlash choralarini koʻrish boʻyicha bir qator tegishli yoʻriqnomalar berib oʻtildi va shaxsiy tarkibga ushbu masalalar yuzasidan ish tashkil etilishiga ruxsat berildi.

Shundan soʻng soha xizmat rahbarlari va profilaktika inspektorlari oʻzlariga belgilab berilgan hududlarga chiqib, Pomuq massividagi «Joʻra oʻgʻli Nazar» fermer xoʻjaligi paxta dala maydonida 4 bosh sigir va 2 bosh otlar payhon qilganligi holati tuman 2-son IIB boʻlim boshligʻi kapitan F.Yuldashev va mahalla profilaktika inspektori leytenant Z.Toshpoʻlatovlar tomonidan aniqlangan.

Oltin boshoq MFYda joylashgan Qobilov Rajabboyevich f/x da 5 bosh yirik shoxli va 50 dan ziyod fermer xoʻjalik raisi Q.Shirinovga tegishli mayda shoxli chorva mollar paxta dalasini payhon qilib yurganligi kapitan I.Diyarov, katta serjant F.Rahmonov, hudud profilaktika inspektori katta leytenant X.Toshqulovlar tomonidan aniqlanib tegishliligi boʻyicha dalolatnoma tuzildi va tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Oltin boshoq MFYda joylashgan Tursunpoʻlat Yusupboyevich f/x dala maydoni hudud profilaktika inspektori katta leytenant X.Toshqulovlar tomonidan koʻzdan kechirilganida “Avvona” MFYda yashovchi fuqaro Elmurodov Ulugʻbek paxta oʻsimligining koʻraklarini terib paxta dala maydonini payhon qilib oʻziga tegishli xaltalarga joylayotganligi holati aniqlanib tegishliligi boʻyicha dalolatnoma tuzildi va tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

10.03.1971 yilda Mirishkor tumanida tugʼilgan Okmachit MFYga mavjud «MUSTAFOQUL ELI» F/X rahbari Mustafoqulov Jabbor Eliyevichga tegishli Paxta dala maydonida oʻziga tegishli 4 tuʼrt bosh yirik shoxli chorva mollar J.Mustofoqulovning oʻgʻli D.Eliyev qarovsiz qoldirganligi oqibatida Paxta maydoniga kirib payhon qilganligi ushbu holat TIIB XPB VEMB katta inspektor psixolog leytenant F.M.Boʻriyev tomonidan aniqlanib tegishli tartibda hujjat rasmiylashtirilmoqda.

Vori MFYda joylashgan Olmos Maxmasharipov f/x dalasida fuqaro Boytoʻrayev Kenjaga tegishli boʻlgan bir bosh katta shoxli chorva moli yurganlik holati profilaktika inspektorlari katta leytenant R. Badalov va I.Shomurodovlar tomonidan aniqlanib, fuqaro K.Boytoʻrayevga nisbatan tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi Tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Obod QFYda joylashgan Obod Sardorbek sadosi f/x paxta dala maydoniga 2 bosh yirik shoxli mol kirganlik holati JQB boshligʻi kapitan K.Qobilov va profilaktika inspektori katta leytenant N.Allayev tomonidan aniqlanib hudud profilaktika inspektori katta leytenant N.Allayev tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mirishkor MFYda joylashgan Choriqulov Baxtiyor f/x paxta dala maydoniga fuqaro Hamroyev Baratga tegishli ikki bosh yirik shoxli mol kirib payhon qilib yurganligi holati boʻlim tashkiliy boʻlinma boshligʻi mayor K.Suyunov profilaktika katta inspektorlari O.Elmuratovlar tomonidan aniqlanib tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi

Obodon MFYda joylashgan Tursunov Azizbek f/x paxta dala maydonida fuqaro Shamsiyev Oybek Zokirovichga bir bosh yirik shoxli mol payhon qilib yurganligi holati boʻlim tashkiliy boʻlinma boshligʻi mayor K.Suyunov profilaktika inspektori kapitan M.Qanoatov va profilaktika inspektori leytenant A.Omonovlar tegishli tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Paxta dala maydonini nazoratdan o‘tkazilganda, «Olmos Maxmasharipov» f/x dalasida Boytoʻraev Kenjaga tegishli chorva moli yurganlik holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Chandir MFY hududidagi postda qora rangli 70 V 548 QA raqamidagi avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda, unda paxta xomashyosi borligʻi aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib tuman IIBga olib kelindi.

Boʻston QFYda joylashgan Shamshod Shodligi f/x dalasida 7 bosh qora mol borligi D.Xakberdiyev va N.Mamatov tomonidan aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.