Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 16 mart kuni “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-611-son Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini roʻyxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida Oʻzbekiston tarixidan oʻrin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yoʻq edi.Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ni tasdiqlash koʻrsatib oʻtilgan.

Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish
va oʻtkazish boʻlimi yetakchi mutaxassisi
Toshtemirov B.