Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri, bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga aholi daromadlarini va ularning turmush darajasini oshirishga erishish hisoblanadi.

Shu munosabati bilan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʻrinbosari Alisher Qodirov rahbarligida Mirishkor tuman hokimligida «Mahallalarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish» mavzusida hokim yordamchilari uchun oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

«Xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, mahallada tadbirkorlik boʻyicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash masalalarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼlumot berildi», deydi tuman hokimi oʻrinbosari Anvar Sariqov.