Mirishkor tuman Jeynov shaharchasidagi yoshlar sanoat zonasida “Shahzod Jeynov sanoati” korxonasi tomonidan sutni qayta ishlovchi yangi korxona oʻz faoliyatini boshladi.

Ushbu korxonada Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 1 tonna sut qayta ishlanib, qatiq, smetana, quyultirilgan sut mahsulotlari tayyorlanadi va ichki bozorlarga chiqariladi.

Bugun korxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Sifatli va o‘zgacha ta’mga ega mahsulotlar bugundan ichki bozorlarga «Fayz» savdo belgisi ostida mahsulot yetkazib berishni boshlaydi.