2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli Prezident qarori mazmun mohiyatini aholi orasida tushuntirish va tashviqot qilish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi «Mirishkor» mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla faollarining murojaatlari, mavjud muammolar oʻrganildi.

Qarorda hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va ijtimoiy soha infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsad qilingan.

Shunga muvofiq tumanda 48,3 km yoʻllar, 6,5 km ichimlik suvi tarmoqlari taʼmirlanadi va 40 dona koʻcha chiroqlari oʻrnatiladi.