“Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atiga erishish bo’yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda tuman “Mirishkor mash’ali” gazetasi bosh muxarriri va muxbirlari, mahalliy bloger va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.

Dastlab, tuman hokimi Sherali Snaayev mavzuga oid axborotni o’qidi.

Unga ko’ra, Mirishkor tumanida umumiy aholi soni 125,1 ming nafarni tashkil qilib, 10 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilishadi. Shundan mehnatga layoqatli aholi soni 69,2 ming nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 50,5 ming nafarni, Iqtisodiyotda band aholi soni 45,9 ming nafarni, shundan rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 23,3 ming nafarni, norasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 27, 2 ming nafarni tashkil etadi.

Mirishkor tumanida ro‘yxatga olingan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1496 tani tashkil etadi.

Tumanda asosiy makroiktisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida aytadigan bo‘lsam:

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 540,2 mlrd so‘m;

Xizmatlar hajmi 669,4 mlrd so‘m;

Chakana savdo aylanmasi hajmi 588,1 mlrd so‘m;

Bugungi kunda tuman aholisining jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti ulushi 4,5 mln so‘m dan to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, tuman rahbari Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atiga erishish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ma’lum qildi.

Tadbir so’ngida, OAV vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollari, tahririyatga kelgan murojaatlar bo’yicha javob hamda izohlar olishdi.

Anjumanda tashkilot rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.