Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan janubi-gʻarb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botigʻida 280 m gacha pasayadi).
Mirishkor tumani hududidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Tumanning gʻarbiy va janubiy hududi yarim mustahkamlagan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, el-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotiq-ziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi.
Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va boshqa bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang, Pomuq, Kultogʻ, Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevarda, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud.
Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130–200 mm. Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan °juzgʻun, iloq, silen, shaytonkavush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuchmoma, zira va boshqa oʻsadi.
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | 4 | |||
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 |
26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
Ma’lumotlardan foydalanilganda
www.mirishkorpress.uz ga havola ko‘rsatilishi shart
© 2021 Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman hokimligining rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing