Mirishkor tumani hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar toʻgʻrisida tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari Bo’riyev Musurmon Iskandarovichning tuman faollariga murojaati
Assalomu alaykum hurmatli fuqarolar, mahalla faollari va deputatlar!
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga boʻlib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi.
Ruxsat bersangiz men oʻzimga biriktirilgan 3-sektor xududlarini Ijtimoiy-Iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2023-yil 10 oyi davomida bajarilgan ishlar va yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʻgʻrisida oʻz murojaatimni elon qilsam.
Menga biriktirilgan Mirishkor tumani 3-sektori xududida 11 ta mahalla, 5 634 ta xonadon, 7 176 ta oila va 29 428 nafar aholi yashaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashriflarida va tadbirkorlar kunida bergan topshiriq va koʻrsatmalarida, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ishsiz aholini bandligini taʼminlash orqali kambagʻallikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hisobiga tashqi migratsiyani kamaytirish, aynan mahallada jinoyatlarni jilovlash, aholining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etish boʻyicha topshiriqlar berib kelmoqda.
Bugun 3-sektor hududida berilgan topshriqlar ijrosini tulaqonli bajarish maqsadida, sektor xududida qurilish-bunyodkorlik ishlari koʻlamini kengaytirish, sanoat, turizm, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida hamda tuman xududida jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalarni belgilab oldim.
Hurmatli yigʻilish ishtirokchilari!
Men raxbarlik qilayotgan 3-sektor mahallalarda mahalla beshligi bilan 2023-yil yanvar oyida xonadonboy oʻrganish davomida hisob-kitoblarga koʻra 1317 nafar ishsizlar aniqlangan edi ushbu ish bilan band boʻlmagan aholining
• 758 nafari Ayollar daftari roʻyxatiga kiritilganlar
• 5 nafari Temir daftar roʻyxatida boʻlgan oilalarning ishsiz aʼzolari
• 330 nafri Yoshlar daftariga kiritilgan ishsiz yoshlar
• 172 nafari Horijiy migratsiyadan qaytgan fuqarolar
• 52 nafari joriy yilda maktabni tamomlab mexnat bozoriga kirib keladigan yoshlar
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtadigan boʻlsam 2023-yilda sektor xududida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim matablarini 354 nafar bitiruvchi yoshlar tamomlagan boʻlsa ularning 117 nafari yoki 33.5 % oliy taʼlim muassasalari va profissional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan va 237 nafarining bandligini taʼminlash reja qilib olingan edi.
2023-yil 10 oyi davomida yuqoridagi 1317 nafar ishsizlardan 1264 nafarining yoki 95.9 % quyidagi yoʻnalishlarda bandligi taʼminlandi.
• 71 nafari Doyimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi.
• 80 nafarining mehnat quroli va subsidiya ajratib berish orqali bandligi taʼminlandi.
• 552 nafarining tadbirkorlik uchun imtiyozi kreditlar berish orqali bandligi taʼminlandi.
• 256 nafarining oʻzini-oʻzi band qilishiga koʻmaklashish orqali
• 87 nafarining kabs-hunarga oʻqitish orqali
• 216 nafarining dexqon xujaligi uchun yer ajratib berish orqali va
• 2 nafarining 2023-yilda ishga tushirilgan invetetsion loyihalar hisobidan bandligi taʼminlandi.
Xatlov davomida aniqlangan 1317 nafar ishsizlardan 53 nafari yoki 4.0 % foizining bandligi taʼminlanmasdan qolmoqda.
Ushbu 53 nafar ishsiz fuqarolarning quyidagi yoʻnalishlarda bandligini taʼminlashni rejalashtirganmiz.
• 2 nafarining 2023-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan invetetsion loyihalar hisobidan
• 33 nafarining Tadbirkorlik qilishiga koʻmaklashish va imtiyozli kreditlar ajratish orqali
• 9 nafaring Dexqon xujaligi uchun ajratilayotgan yerlarni ajratilishida koʻmaklashish orqali va
• 9 nafariga Asbob-uskuna mehnat qurolini ajratib oʻzini-oʻzi band qilishiga koʻmaklashish orqali bandligi taʼminlanadi.
mahallalarda mahalla beshligi bilan xonadonboy oʻrganish davomida hisob-kitoblarga koʻra hozirgi kunda 354 nafar yoki umumiy sektor aholisining 1,2 foiz fuqarolar turli maqsadlar bilan xorijiy mamlakatlarga chiqib ketganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda “Yoshlar daftarida” 156 nafar yoshlar qolmoqda. Bu yoshlar 2023-yil yakuniga qadar quyidagi yoʻnalishlar orqali amaliy yordamlar koʻrsatilib daftardan chiqarilish rejalashtirilgan.
“Ayollar daftari” boʻyicha, 2023-yili yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-145-sonli qaroriga asosan 758 nfar xotin-qizlar Ayollar daftari roʻyxatiga kiritilgan. Bu yoʻnalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Xurmatli tumandoshlar, Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 4 ta, viloyat byudjet mablagʻlari hisobidan 2 ta hashar va homiylik mablagʻlari hisobidan 4 ta yangi tarnsfarmatorlar oʻrnatildi hamda 158 ta beton ustunlar oʻrnatildi.
-Ichki yoʻllarni taʼmirlash; Joriy yilda sektor xududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabridagi 408-son qaroriga muvofiq taʼmirtalab 16.5 km masofa asfal va beton qoplamali yoʻllarga oʻtqazilib taʼmirlandi xamda xashar yoʻli bilan 15 km tuproq yoʻllarga tosh tukilib shagʻallashtirildi Bundan tashqari Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida aholining tashabbusi bilan 4.5 km yoʻllar asfaltlashtirildi.
-Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha; 3-sektor xududida joylashgan 1 ta Oilaviy polikilinika, 2 ta Qishloq vrachlik punkitlarining isitish tizimlari taʼmirlandi va mebel jixozlari bilan taʼminlandi. Tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Oltin Boshoq MFY oʻrmon hoʻjalik koʻchasiga 1 ta tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot vagoni olib kelib oʻrnatildi ushbu vagonlar bugungi kunda taʼmirlanib barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Hurmatli yigʻilish ishtirokchilari! Hurmatli Prezidentimiz tamonidan asosiy etibor qaratilgan yana bir masala, kriminogen vaziyatning chuqur tahlillariga asoslangan holda, jinoyatni jilovlash boʻyicha kelgusida amalga oshiriladigan aniq choralarni aks ettiruvchi maʼlumotlar asosida aholi oldiga murojaat bilan chiqish borasida topshiriq berilgan edi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun boʻlsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat boʻladi”,– deya alohida taʼkidlaganlar.
Soʻnggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlariga juda katta eʼtibor qaratilib, sohani chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, aholi uchun barcha shahar va qishloqlarda, hatto eng chekka joylarda ham xavfsiz yashash va mehnat sharoitini yaratish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Har bir fuqaroning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilish – ichki ishlar organlarining asosiy vazifasiga aylantirildi.
Tumanimizda “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi asosida, jinoyatlarning oqibatlari bilangina kurashish emas, balki ularning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik va barvaqt oldini olish borasida choralar koʻrib kelinmoqda.
Aziz Mirishkorliklar!
Tuman xududida sodir etilgan jinoyatlar va jinoyatlarning tahliliga tuxtaladigan boʻlsak 2023-yil 10 oyi davomida 161 ta jinoyatlar sodir etilgan boʻlib 2022-yil shu davrida 186 ta jinoyat sodir etilgan jinoyatlar oʻtgan yilga nisbatan -25 ta yoki -13.4 % kamayishiga erishildi. Shundan 3-sektor xududida 29 ta jinoyatlar sodir etilgan boʻlib, bu tuman boʻyicha jinoyatlarning 18 % ni tashkil qilmoqda.
Jinoyatlarni turlari boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak.
Ogʻir tan jaroxati yetkazish 100 %ga, bezorilik 100% ga, firibgarlik 40 % ga, muqaddam sudlanganlar jinoyati 55,1 % ga, mastlar jinoyat 85,7 % ga, ayollar jinoyat 20 % ga, ishsizlar jinoyat 87,5 % ga, yoshlar jinoyatlari 6,6% kamayganligini koʻrishimiz mumkin.
Qotillik, bosqinchilik, talonchilik, transport vositasini olib qochish bilan bogʻliq jinoyatlar va mulkni qastdan nobud qilish kabi jinoyatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Aziz Mirishkorliklar! Biz tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari hamda tumandagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va omillarini aniqlash, ayniqsa yoshlar, voyaga yetmaganlar va xotin qizlar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini ilmiy yondashuv asosida oʻrganishni boshlab yubordik.
Xususan, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yul haritasi” imzolanib, tuman IIB da hamkor tezkor shtab tashkil etildi. Bundan tashqari, tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari bilan mahallada jinoyatchilikni jilovlash samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida jinoyat qilishga moyilligi bor ogʻir ahvoldagi aholi bilan ishlash boʻyicha “mahalla beshligiga”ga aniq vazifalar belgilab berildi.
Tumanimizdagi kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 8 ta mahallalarga viloyat va tuman Ichki ishlar organlari rahbar xodimlari bilan bir qatorda Prokuratura, Milliy gvardiya xodimlari, viloyat va hududiy hokimliklar vakillari nomma-nom biriktirilib, ularga jinoyatchilikni jilovlash va mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Joriy yilning 30-mart kuni “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisida qoʻshma qaror asosida profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalardagi 41 ming 232 nafar shaxslar oʻrganilib, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil yohud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 4540 nafar shaxslarga xulosalar berildi.
Yuqoridagi xulosalarga asosan jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan 13 toifadagi shaxslar alohida nazoratga olinib, ularning muammolari “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida bartaraf etiladi.
Qoʻshma-qarori talablari asosida mahalla faollariga berilgan xulosalar natijasida 2172 ta muammolar bartaraf etildi.
Jumladan, 563 nafar bandligi taʼminlanmagan va daromad manbaiga ega boʻlmagan mehnatga layoqatli shaxslarning bandligi taʼminlndi;
62 nafar alkogol mahsulotlari va psixoaktiv moddalarga qaram boʻlib qolgan shaxslar sogʻlom turmush tarziga qaytarildi;
233 nafar uzoq vaqtdan beri kelishmovchiligi mavjud shaxslarning muammolari bartaraf etildi; 157 nafar turmushidan ajrashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir ahvolga tushib qolgan shaxslarga, huquqiy va moddiy yordam koʻrsatildi; 1028 nafar nizoli oila aʼzolarning notinchligiga barham berildi; 64 nafar salbiy xulq-atvorga ega boʻlgan xotin-qizlarning bandligi taʼminlanib, toʻgʻri yoʻlga qaytarildi; 17 nafar boquvchisi va qarovchisi boʻlmagan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollarga alohida shaxslar biriktirildi. 48 nafar farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oilalar bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, tuzalish yoʻliga qaytarildi.
Shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash maqsadida svetoforlar, yoʻl belgilari, suniy yoʻl toʻsiqlari oʻrnatish, jiddiy xavf tugʻdirayotgan yoʻl qismlarini taʼmirlash yuzasidan takliflar tayyorlanib, amalga oshirilishi taʼminlandi.
Barcha yoʻl patrul xizmati inspektorlarining bevosita mahalllardagi javobgarlik hududlari belgilab berildi.
Hurmatli Mirishkorliklar!
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha harakatlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz boʻlishiga qaratilgan. Shunday ekan, sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha yoʻl xaritalar ishlab chiqib, yil yakuniga qadar tumanimiz hududida, -jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, -jinoyatchilikka qarshi kurashish, -mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasidagi choralarni yanada jadallashtiramiz.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.