I. “Temir daftar” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida


Bu bo‘yicha tumanimizda ham o‘tgan yillar davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan bu haqda xar bir sessiyalarda axborotlarni eshitib borgansiz.


Shu sababli bu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Koronavirus pandemiyasi” davrida “Temir daftar”ga tuman bo‘yicha 1 548 ta (1-sektor bo‘yicha 788 ta) (jami oilalarning-5,0 %) oila saxovat.argos.uz elektron platformasi orqali “Temir daftar”ga kiritilgan.


O‘tgan yillar davomida mazkur oilalarga homiylar tomonidan shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan 1 393 nafariga (1-sektor bo‘yicha 541 nafar) oziq-ovqat mahsulotlari, 5 nafariga (1-sektor bo‘yicha 2 nafar) naqd pul, 4 nafariga kommunal qarzdorliklari to‘lab berildi, 6 nafar oilaga dori-darmon, 11 nafar (1-sektor bo‘yicha 8 nafar) oilaga turli xildagi moddiy yordamlar, 115 nafar (1-sektor bo‘yicha 84 nafar) oilaga 234 bosh chorva mollari (sigir, qo‘y va echki), 105 nafar (1-sektor bo‘yicha 40 nafar) oilaga 4 ming bosh parranda, 10 nafar oilaga 80 bosh nasldor quyon va 4 nafar oilaga asalari oilalari olib berildi.


Shuning bilan birga, ushbu oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Respublika budjetidan 1 mlrd. 856 mln. so‘m (1-sektor bo‘yicha 1 mlrd. 379 mln. so‘m) naqd pul shaklidagi mablag‘lari uy manzillariga yetkazib berildi.
Bundan tashqari, 2023-yilda tumandagi 18 nafar (1-sektor bo‘yicha 6 nafar) “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan 252,0 mln. so‘m mablag‘ xisobidan “Qashqadaryo Universal Golden” MChJ tomonidan 1 kVtli quyosh panellari bepul o‘rnatib berildi.


Hurmatli deputatlar!


O‘zim va qolgan sektor rahbarlari bilan birgalikda, tumandagi bugungi kunda “Temir daftar”da qoladigan 26 nafar (1-sektor bo‘yicha 7 nafar) extiyojmand oilalarni to‘liq qamrab olgan holda ularning ishga joylashtirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali tizimli ishlarni olib boramiz deb Siz deputatlarni ishontiramiz.


II. “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Hurmatli deputatlar!
Hurmatli sessiya qatnashchilari!

Uyma-uy yurish orqali tumandagi 40 ta MFYlardagi xotin-qizlar faollari tomonidan 30 yoshdan yuqori 23 944 nafar (1-sektor bo‘yicha 9339 nafar) xotin-qizlarga anketa-so‘rovnomalari to‘ldirilib, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritish uchun 3 239 nafar (1-sektor bo‘yicha 1309 nafar) xotin-qizlarning “individual dastur”lari tayyorlanib ijroga yo‘naltirildi. Shundan, o’tgan 2023-yil davomida “Ayollar daftari” bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Hurmatli deputatlar!
Hurmatli sessiya qatnashchilari!


Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2023-yil davomida jami e’tibor bering 3 mlrd. 500 mln. so‘m. (1-sektor bo‘yicha 1 mlrd. 420,0 mln. so‘m) dan ortiq mablag‘lar ajratildi.


III. “Yoshlar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Hurmatli deputatlar!
Hurmatli sessiya qatnashchilari!

Hozirda tumanimizda jami 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 61,4 ming nafardan ortiq bo‘lib, tuman aholisining qariyb 51 foizini tashkil etadi. Shundan 6 yosh gacha bo‘lgan yoshlar 16,5 ming nafarni, 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlar 12,4 ming nafarni,14 yoshdan dan 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 33 654 nafarni tashkil etadi.


Tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1 999 nafar (1-sektor bo‘yicha 820 nafar) yoshlarning 1 800 nafariga (1-sektor bo‘yicha 733 nafariga) amaliy yordam ko‘rsatilib, ijtimoiy muammolari hal etildi. Shundan;


– 142 nafar (1-sektor bo‘yicha 33 nafar) yoshlarimizni doimiy ish o‘rinlariga, 104 nafar (1-sektor bo‘yicha 36 nafar) yoshlarga 205,6 mln. so‘mlik mehnat qurollari uchun subsidiya ajratildi,

281 nafar (1-sektor bo‘yicha 137 nafar) yoshlarga 778,3 mln. so‘mlik OTM to‘lov shartnomalarining 50%-gacha bo‘lgan qismi to‘lab berildi,

64 nafar (1-sektor bo‘yicha 7 nafar) yoshlarimizga 103,2 mln. so‘mlik “Kelajak kasblari” o‘quv kursi xarajatlari qoplab berildi,

9 nafar (1-sektor bo‘yicha 1 nafar) yoshning 4,0 mln. so‘mlik kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish to‘lovlari qoplab berildi,

58 nafar (1-sektor bo‘yicha 25 nafar) yoshlarning 237,0 mln. so‘mlik davolanish xarajatlari qoplab berildi,

36 nafar (1-sektor bo‘yicha 18 nafar) yoshning 222,5 mln. so‘mlik SChR to‘lovlari qoplab berildi,

29 nafariga (1-sektor bo‘yicha 16 nafar) 36,5 mln. so‘mlik Haydovchilikka o‘qitish kursi xarajatlari qoplab berildi,

54 nafar (1-sektor bo‘yicha 17 nafar) yoshlarga 1 392,3 mln. so‘mlik bank Kredit mablag‘lari ajratildi,

292 nafariga (1-sektor bo‘yicha 60 nafar) Dehqon xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiri uchun ye-auksion platformasi orqali 30-yilga ijara asosida yer maydonlari ajratildi,

2 nafar yoshlarning 2,4 mln. so‘mlik Turar joy ijarasi harajatlari qoplab berildi,

3 nafar yoshlarning 2,8 mln. so‘mlik maktab formasi va o‘quv qurollari olib berildi,

65 nafar (1-sektor bo‘yicha 36 nafar) yoshlarning 51,8 mln. so‘mlik pullik psixologik xizmat to‘lovlari qoplab berildi,

4 nafar (1-sektor bo‘yicha 1 nafar) yoshning 1,2 mln. so‘mlik fuqarolik pasporti olish to‘lovlari qoplab berildi,

17 nafar (1-sektor bo‘yicha 17 nafar) yoshning 25,4 mln. so‘mlik urug‘lik va ko‘chatlar olish to‘lovlari qoplab berildi,

37 nafar (1-sektor bo‘yicha 12 nafar) yoshlarning 45,4 mln. so‘mlik bir martalik moddiy yordam xarajatlari qoplab berildi;

1 nafar yoshning 10,5 mln. so‘mlik xalqaro Olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari qoplab berildi.


Shu bilan birgalikda tuman markazida joylashgan “Ma’naviyat markazi”da zamonaviy kutubxona tashkil etish uchun 95.7 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.


E’tibor berishlaringizni so‘rardim Hurmatli deputatlar!

Davlatimiz tomonidan yoshlarga shuncha imtiyoz va moddiy yordamlar berilishiga qaramasdan 2023-yil 12 oyi davomida tumanda Yoshlar tomonidan 62 ta jinoyat sodir etilgan misol uchun (105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish 4 ta, 109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish 6 ta, 137-modda. Odam o‘g‘rilash 2 ta, 167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish 4 ta, 168-modda. Firibgarlik 6 ta, 169-modda. O‘g‘rilik 8 ta, 266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish 8 ta)
2022-yilda 77 ta o‘tgan yilga nisbatan -15 taga yoki -19,4% ga kamaygan bo‘lsada baribir jinoyat sodir etilgani bu biz uchun ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘lishi kerak.


Hurmatli deputatlar!


Ijtimoiy holatidan kelib chiqib, hududlardagi yoshlar yashil, sariq va qizil toifalarga ajratildi.
Hozirda tumanda 33 654 nafar yoshlar mavjud.
O‘rganishlarga ko‘ra,
14 884 nafar (43 %) yoshlar – yashil;
18 770 nafar (57 %) yoshlar — sariq toifaga ajratildi
.

Hurmatli deputatlar!
Sessiya qatnashchilari!

2023-yilda tuman iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 465,0 mlrd. so‘m investitsiyalar hisobiga 69 ta loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1 030 ta doimiy ish o‘rinlari yaratildi.


Joriy yilda umumiy qiymati 717,8 mlrd. so‘mlik 23 ta loyihalarni ishga tushirish natijasida 1 608 ta ish o‘rni yaratiladi.


Sohalar bo‘yicha aytib o‘tadigan bo‘lsam, qishloq xo‘jaligi sohasida 4 ta umumiy qiymati 82,3 mlrd so‘m, 41 ta yangi ish o‘rini, sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 15 ta umumiy qiymati 629.9 mlrd so‘m, 1 559 ta yangi ish o‘rni, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta umumiy qiymati 5.5 mlrd so‘m 8 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Ushbu yaratiladigan ish o‘rinlariga 1-navbatda ijtimoiy daftarlar “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”ga kirganlarni bandligini ta’minlash choralarini ko‘ramiz.

Muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga qilgan tashriflari davomida tumanimizning iqtisodiy imidjini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish, sanoatni rivojlantirish, yangi sanoat mahsulotlari sonini oshirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qator topshiriq va vazifalarni belgilab berdilar.
Xalqimiz, muhtaram Prezidentimiz bildirgan ishonchni bir jamoa bo‘lib oqlaymiz!
”,

Fayzullo G’ulomov, Mirishkor tumani hokimi


E’TIBORINGIZ UChUN RAHMAT!