Sherali Sanayev 2013-2016 yillarda Mirishkor tumani prokurori, 2017-2018 yillarda Toshkent viloyati Bekobod tumani prokurori, 2018-2020 yillarda Qamashi tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Takidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yilning 24-sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Sanayev rahbarligidagi tuman alohida eʼtirof etilib, Qamashi tumanida soʻnggi uch yilda 802 ta yangi tadbirkorlik subʼekti tashkil etilgani, ishlamayotgan 132ta korxona qayta tiklangani hamda eksport hajmi 2019 yilga nisbatan 2020 yilda 1,5 barobar oshgani taʼkidlab oʻtilgan.

Sherali Choriyevich Sanayev 2020 yil 7-oktabr kuni xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Shundan soʻng, Sherali Sanayev rahbarligidagi tumanda qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Mirishkor tumanida ilk bor yirik loyihalar amalga oshirildi. Tuman istiqbolida 5 ta eng muhim oʻsish nuqtalari aniqlandi. Xususan, tumanda joriy yil davomida 700 ming AQSH dollari miqdorida donni qayta ishlovchi «The best agroxim» klasteri, umumiy qiymati 26,25 milliard soʻmlik sochiq ishlab chiqaruvchi «Mirishkor Rifa Textile» MCHJ loyihasi hamda yiliga 6000 tonna toladan eksportbop sifatli kalava ip chiqaruvchi «Universal Yasina textile» loyihasi ishga tushirildi.

2020 yilning 9 oylik hisobotiga koʻra, eksport koʻrsatgichlari tumanda 2 068.0 ming AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2021yil 9 oylik hisobotiga koʻra 3 080.0 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Hokim tashabbusi bilan Mirishkor tumanida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, «Ayollar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan 34 ta oilaga 34 ta barcha sharoitlar bilan taʼminlangan umumiy turar-joy xonadonlari topshirildi.

Shuningdek, hokim tashabbusi bilan 41 ta yakka yolgʻiz ehtiyojmand oilalarning uylariga mahalliy byudjet hisobidan 432 mln soʻm sarflanib, uy joylarini tom qismlari hamda fasad qismlari taʼmirlab berildi. Joriy yilda 56 km yoʻllar taʼmirlangan boʻlib, shundan 21,4 km asfalt yoʻllardir.

Viloyat rahbari taklifini ilgari surgan Sherali Sanayev tashabbusi bilan Guliston qishlogʻidagi palatkali shaharcha oʻrnida «Yoshlar shaharchasi» tashkil etilib, unda 120 oʻrinli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Mirishkor textile group” korxonasi ham oʻz faoliyatini boshlagan. Korxonada 100 dan ortiq “Ayollar va yoshlar” daftariga kiritilgan xotin-qizlarning bandligi taʼminlangan.

Shuningdek, shaharchada 60 oʻrinli 20-sonli bogʻcha, 3 nafar xotin-qiz bandligini taʼminlagan goʻzallik saloni, 5 nafar xotin-qizni ishli qilgan non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Mirishkor eksport” xususiy korxonasi, aniq va tabiiy fanlar, ingliz hamda fransuz tillaridan yoshlarga qoʻshimcha dars berishga ixtisoslashgan “Boʻlajak talaba” oʻquv markazi hamda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi ish boshlagandi.

Adliya vazirligining tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasini aniqlash «Biznes reytingi»ga koʻra, Mirishkor tumani 2020 yil yakuni va 2021 yarim yillik hisobitiga ko‘ra, viloyatda yetakchi deb e’lon qilindi.

Biz hokim rahbarligida erishilayotgan yutuqlarning bir qismi haqida toʻxtalib oʻtdik.

Mirishkor tuman hokimligi jamoasi Sherali Sanayevga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Mirishkor tuman hokimligi Axborot xizmati