HOKIM

SANAYEV SHERALI CHORIYEVICH

MIRISHKOR TUMAN HOKIMI

TELEFON: +998 (75) 652 1001

E-POCHTA:

FUQAROLARNI QABUL QILISH KUNI: Haftaning dushanba kuni

IJTIMOIY TARMOQLAR

HOKIMNING MAJBURIYATLARI

Tuman hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi hamda Qashqadaryo hokimligi qabul qilgan hujjatlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni tashkil qilib, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi;

Qonunlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat va Mirishkor tuman Kengashlari hamda Qashqadaryo viloyat hokimi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni qabul qiladi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi, joylarda tashkil etilgan «Xalq qabulxonalari»ni faoliyat koʻrsatishiga har tomonlama koʻmaklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;

Qashqadaryo viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qarorlarni qabul qiladi;

hokimlik boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi, boʻlim va tegishli boshqarma rahbarlarini tayinlash boʻyicha shahar idoralariga takliflar kiritadi;

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat va Mirishkor tuman Kengashlari hamda Qashqadaryo viloyat va Mirishkor tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi va takliflar kiritadi;

oʻziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar oʻtkazish, qoʻshimcha korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tuzish uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida oʻzaro munosabatlar oʻrnatadi;

Tuman hokimligi boʻlim va boshqarmalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat va Mirishkor tuman Kengashlarining hamda Qashqadaryo viloyat va Mirishkor tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish boʻyicha faoliyatlarini nazorat qiladi;

olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashiga hisobot beradi;

tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;

yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni oʻzlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini koʻradi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yoʻl xoʻjaligi, aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida oʻz vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Tuman hokimi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar Mirishkor tumani hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Mirishkor tuman hokimi quyidagi komissiya va Kengashlarga raislik qiladi:

Tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya;
odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi;
geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman hududiy komissiyasi;
tuman «Maʼnaviyat va maʼrifat» Kengashi;
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar*

QIDIRUV

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar: 35 (100%)
Ko‘rib chiqilgan: 32 (91%)
Ko‘rib chiqilmoqda: 3 (9%)
FOTOLAVHALAR
JOYLASHUV
KALENDAR
Июнь 2023
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930