Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev tashabbusi bilan mazkur haftalik doirasida bir guruh yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar ko‘hna Buxoroga sayohat qilish uchun yo‘l olishdi.