Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayevning fuqarolar va yoshlarning murojaatlari boʻyicha oʻtgan qabulidan soʻng, 26 nafar yoshning taʼlim kontraktlari toʻlovlari, 3 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati toʻlovlari toʻlab berildi.

Shuningdek, davolanish xarajatlariga yordam soʻragan 7 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam beriladigan boʻldi.