Mirishkor qishloq xoʻjaligi boʻyicha ulkan salohiyatga ega tuman hisoblanadi. Hududda paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilgan klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta xom ashyosidan yuksak xirmon yaratish maqsadida samarali mehnat qilinmoqda.

Tuman hokimi Sherali Sanayev Jeynov hududidagi fermer xoʻjaligi rahbarlari bilan uchrashib, hosilning taqdiri hal etiladigan muhim davrda gʻoʻza parvarishida bajariladigan muhim agrotexnik tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berdi.