Mirishkor tuman «Ro‘zmet G‘oyibov» massivida joylashgan «Muhammadalixon obod ko‘zgusi» fermer xo‘jaligi g‘alla o‘rim-yig‘imini nihoyasiga yetkazib, rejadagi 84 tonna o‘rniga amalda 85 tonna hosil topshirib, rejani ortig‘i bilan bajaradi.
Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev hududlarga safari chog‘ida, rejani ortig‘i bilan bajargan mazkur fermer xo‘jaliklari xodimlari va otryad a’zolarini tabriklash uchun fermer dalasiga bordi.


Dalada mehnat qilayotgan zahmatkash mirishkorlar bilan suhbatlashgan rahbar ularni tabriklab, esdalik sovg‘alar topshirdi. Fermer xo‘jaligi raisi hokimning kutilmagan tashrifidan mamnunligini bildirdi.