Ayni kunlarda boshoqli don ekilgan hududlarda oʻrim-yigʻim ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Dastlab hududlarda boshoqli donlarni nest-nobud qilmasdan sifatli oʻrib olish va gʻallani don korxonalariga qabul qilishni talab darajasida tashkil etish maqsadida tuzilgan otryadlar aʼzolari hamda mutasaddilar ishtirokida seminarlar tashkil etildi.


Oʻrim-yigʻim ishlari boshlanishi bilan, gʻallakorlarimiz faollik koʻrsatib, yuqori koʻrsatkichlarni qayd etishni boshlashdi.
Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev ayni shunday qizgʻin pallaga kirgan oʻrim-yigʻim ishlaridan xabar olish uchun «Oltin boshoq» hududidagi gʻalla dalalariga bordi.
Otryad aʼzolari va fermer xoʻjaligi ishchilari bilan suhbatlashgan hokim, ularga esdalik sovgʻalar ulashdi.