Mahalla raisiga “Shuhrat” medali berildi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Mirishkor tumanidagi “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qodirov Ismoil Shukurovich “Shuxrat” medali bilan mukofotlandi.
Harob ahvoldagi shifokorlik punkti yangi qiyofaga kiradi

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov tibbiyot birlashmaga qarashli 27-son Guliston oilaviy poliklinikasiga qarashli filial binosining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
“Sirdaryo tajribasi” asosida sohalarni rivojlantirish yo’lga qo’yiladi

“Sirdaryo tajribasi” asosida sohalarni rivojlantirish yo’lga qo’yiladi.
“Sirdaryo tajribasi” asosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish orqali ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, sanoat, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo’yicha ishlar tashkil etiladi.
Bu haqida tuman hokimi Fayzullo G’ulomov “Guliston” QFY beshligi bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum qildi.
Dastlab, hokim boshchiligida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasidagi yutuq hamda kamchiliklar tahlil qilindi.
Shundan so’ng, tuman rahbari tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish istagidagi fuqarolar bilan uchrashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.
Skuterdagi oilaviy hamshiralar

Chandir qishloq uchastka shifoxonasida yaratilgan sharoitlar shahardagidan qolishmaydi.
Hududdagi 18 298 dan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko’rsatib kelayotgan muassasa jamoasi so’lim daraxtzor bag’ridagi shinam binolarda faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy tibbiy asbob uskunalar va laboratoriya jihozlari bilan taʻminlangan, 30 o’ringa mo’ljallangan shifoxonada tug’ruqxona, ichki kasalliklar, bolalar, “Tez tibbiy yordam” va ambulatoriya bo’limlari mavjud.
-Shifoxonamizda o’tkazilgan tibbiy ko’rikda 930 nafar fuqaro malakali shifokorlar maslahat va tavsiyalaridan bahramand bo’ldi, — deydi bosh shifokor, “Do’stlik” ordeni sohibi Sayfulla Sharopov.- Ularning 54 nafarida turli kasalliklar aniqlandi, 17 nafari stasionar davolanishga yo’naltirilib, qolganlariga ambulator sharoitdagi muolajalar tavsiya etildi.
Yana bir eʻtiborli tomoni, bu erda tibbiy brigada oilaviy hamshiralari elektr skuterlarda hududni aylanib, tibbiy xizmat ko’rsatishmoqda.
«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!«

Joriy yilning 29-avgust sanasida Mustaqil O‘zbekistonimizning eng olis hududlaridan hisoblangan Pomuq shaharchasida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida Ma‘naviyat festivali o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi L. Qambarov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Elboy Qulmanov, O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi xonandalari Yashnar Allamurodov va Masudjon Yorqulovlar ishtirok etishdi.
Hokim o’qituvchilar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimi Fayzullo G’ulomov “Guliston” qishlog’idagi 3-sonli maktab o’qituvchilari bilan yangi o’quv yili oldidan uchrashib, ularning muammolarini o’rgandi.
Mirishkorlik 18 nafar sportchilar viloyat chempionatida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi

Musobaqada Asila To’rayeva murabbiyligidagi 18 nafar Mirishkor tumani sport maktabi o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Mirishkorda hokim va sektor rahbarlarining profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

Mirishkor tumanida 40 nafar profilaktika inspektorlari (hozirgi vaqtda 35 nafar, 5 ta vakant) mahalla beshligi tarkibida faoliyat yuritib, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash borasida samarali mehnat qilib kelishmoqda.
Hokimlik yig‘ilishlar zalida o‘tgan uchrashuvda tuman hokimi dastlab tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligi, jinoyatchilikni mahallalarda jilovlash, profilaktika inspektorining ishini yengillashtirish bilan birga ish natijadorligini oshishiga xizmat qilishi haqida taʼkidladi.
Uchrashuvda 20 dan ortiq profilaktika inspektorlari uchun bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududlarda xizmat uy-joylari bilan taʼminlanganligi, ish samaradorligi bo‘yicha rag‘batlantirilib kelinayotganligi qayd etildi.
Shundan so‘ng, hokim profilaktika inspektorlari bilan birma-bir suhbatlashib, ularda mavjud muammolarni o‘ziga qayd etib, ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalarni birma-bir muhokama qilib, masʼullarga muddatlari aniq belgilangan manzilli topshiriqlar berdi.
Mirishkor xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylanadi

Mirishkor tumani hokimligi kichik yig‘ilishlar zalida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi vakillari Sevara Ismoilova, Sherzod Rajabov va A. Samadovlar hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zamira Mamanazarovalar boshchiligida Mirishkor tumanini xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish hamda «Ayollar daftari» tizimining 4-bosqichi doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, tuman ishchi guruhi tashkil etilib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, bank filiallari, ijtimoiy va iqtisodiy soha tashkilotlari mutaxassislari jalb etildi.
Yig‘ilishda ishchi guruhning galdagi vazifalari belgilab olinib, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ishsizlikni qisqartirish, ularning bandligini taʼminlash masalalari bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.
Mustaqillik tuhfasi

Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Mirishkor tumanida qator binolar foydalanishga topshirildi:
1- ko’rish | 2- ko’rish | 3- ko’rish
50 ta ehtiyojmand oilaga bayram tuhfalari yetkazildi

Mirishkor tuman hokimi Fayzullo G’ulomov tashabbusi bilan tumandagi “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand va kam ta’minlangan 50 ta oilaga bayram tuhfasi sifatida 11 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to’plami yetkazib berildi.
Paxta yig‘im-terimi oldidan jonliq so‘yilib, otryad rahbarlari, mas’ul soha vakillari uchun tadbir tashkil etildi

Paxta yig‘im-terimi oldidan jonliq so‘yilib, otryad rahbarlari, mas’ul soha vakillari uchun tadbir tashkil etildi.
Mirishkorda yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda sifatli qilib terib olish, terimga fermer xoʻjaligi aʼzolarini va uyushmagan aholini koʻngilli tarzda jalb etish boʻyicha barcha zaruriy choralar ko‘rilib, terim otryadlari tashkil etildi.
Tuman hokimligi, paxta klasterlari tomonidan paxta yig‘im-terim ishlari oldidan otryad rahbarlari, mas’ul soha vakillari uchun tadbir tashkil etildi.
Dastlab, tuman rahbari Fayzullo G’ulomov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga kuch-quvvat tilab, ular bilan yelkadosh bo‘lib xizmat qilishlari haqida ta’kidladi.
Mavsumning barakali bo‘lishi uchun jonliq so‘yilib, Hoji otalar duoga qo‘l ochdilar va Qur’on tilovat qilindi.
Tadbirda sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, qishloq xo’jaligi sohasi va klasterlar vakillari ishtirok etishdi
Mirishkor tumani hokimligi
Axborot xizmati