Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati hafta davomidagi eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola qiladi.

“Yangi Mirishkor”dagi ijtimoiy uyning tom qismi ta’mirlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Mirishkor tumaniga tashrifi chog’ida “Yangi Mirishkor” mahallasidagi ijtimoiy uyda yashovchi fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning murojaatlarini tinglagandi.
Shundan so’ng, ijtimoiy uyning tom qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mirishkor tumani hokimligi majlislar zalida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilariga tushuntirish” yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Mirishkor tumanidan davlat xizmatchilari masofaviy video-konferens aloqa orqali ishtirok etishdi.

“Oltin boshoq” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etiladi.
Mirishkor tumani “Oltinq boshoq” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi.
Dastlab, tuman hokimi Fayzullo G‘ulomov boshchiligida sektor va tashkilot rahbarlari qishloq nuroniylari bilan uchrashib, yuqoridagi mezonlar joriy qilinib, mazkur qishloq har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirilishi, rejadagi ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, mahallada Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, sohaviy tashkilotlar vakillari, Mirishkor tumani sektor rahbarlari, mahalladagi “beshlik”dan iborat Respublika ishchi guruhi xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlarini boshlab yuborishgan.

Mirishkor tumani 1-sonli maktabida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Respublika musobaqasining Mirishkor tumani bosqichi bo’lib o’tdi.

Hokim yo’l-yo’lakay terimchilar kayfiyatiga kayfiyat ulashdi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov yo’l-yo’lakay “Jeynov” hududidagi “Cho’liboy Xo’jamurodov” fermer xo’jaligi dalasida to’xtab, faol terimchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida ularga sovg’alar berdi.
Shundan so’ng, daladagi yoshi ulug’ onaxonlarni ko’rgan hokim ularning duosini olib, ko’ngillarga shodlik ulashdi.
Hokimga Qashqadaryo viloyat FVB boshqarmasi boshlig’i Farxod Mirzayev va 3-sektor rahabri Musurmon Bo’riyevlar hamrohlik qilishdi.

Mirishkor tumani hokimligi, prokuratura, Yoshlar ishlari bo’limi va sport maktabi hamkorligida «Besh tashabbus olimpiada«si doirasida sportning milliy kurash turi bo’yicha «Bosh prokuror kubogi» musobaqasi tuman bosqichi o’tkazildi.

“Yoshlar festivali”
Mirishkor tumani markazidagi amfiteatrda «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida “Yoshlar festivali” bo’lib o’tdi.
Festivalda xonandalar Osman Navruzov va Feruzabonu, turkman va arab folklor jamoalari, sport chempionlarining chiqishlari, ajoyib mushakbozlik ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

Energiya resurslari talon-toroj qilinishini aniqlash va oldini olish bo’yicha ishchi guruh a’zolari rag’batlantirildi.
Mirishkor tumanida energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq har qanday holatning oldini olish, aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari rag’batlantirildi.
Mirishkor tumani prokurori Sardor Nazarov va IIB boshlig’i Musurmon Bo’riyevlar energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik holatlarini aniqlash va buning oldini olishda faollik ko’rsatayotgan ishchi guruh a’zolariga qimmat baho sovg’alar topshirishdi.
Joriy yilning 7-sentabr kuni o’tkazilgan Respublika shtabining yig’ilishidan so’ng, tumanda reyd tadbirlari yanada kuchaytirilib, tuman hududida 17 ta holatda bu kabi huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
Ishchi guruh tomonidan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Mirishkordagi 7 ta maktabning 160 dan ortiq jihozlari yangilandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 7 ta maktabga jami 112 ta kompyuter jamlanmasi, 7 donadan printer, konditsioner, stabilizator, proyektor, interaktiv doska va boshqalar topshirildi.
Bo‘lim boshlig‘i Bektosh Shodiyev yuqoridagilarni maktab direktorlariga topshirarkan, taʼlimga berilayotgan keng ko‘lamli eʼtiborni alohida taʼkidlab, galdagi vazifalarni sifatli bajarish, taʼlimga eʼtiborni oqlash muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.

Qurilish sohasi shtabining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Xabaringiz bor, qurilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o’rnatish maqsadida Bosh prokuror o’rinbosari va hududiy prokurorlar rahbarligida shtablar tashkil etilgan.
Bugun ayni shu masalada Mirishkor tumani qurilish shtabining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Dastlab, shtab rahbari – tuman prokurori Sardor Nazarov investitsiya dasturi doirasidagi 2 ta, PQ-154-sonli Prezident qarori asosida 2 ta, PQ-409-sonli qaror asosida 4 ta va tenderi yakunlangan 2 ta loyihaning qurilish ishlari tahliliga to’xtaldi.
Loyihalarni amalga oshirish sifati va ularning joylashuvi, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganish muhimligi ta’kidlandi va shtab a’zolarining axboroti tinglandi.