Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati hafta davomidagi eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola qiladi.

Ko‘zi ojizlar jamiyati aʼzolari uchun sayohat tashkil etildi.
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov tashabbusi bilan ko‘ngli yarim, imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida sayohat tashkil etildi.
Ko‘zi ojizlar jamiyatining 30 nafardan ortiq aʼzosi ko‘hna Shahrisabz shahrining tarixiy manzillarida bo‘lib, sayohat qilib qaytishdi.

Hokim “birinchi qo’ng’iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Mamlakatimizdagi barcha maktablarda bo’lgani singari Mirishkor tumani Jeynov shaharchasidagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “birinchi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman hokimi Fayzullo G’ulomov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Bektosh Shodiyevlar ishtirok etishdi.
Dastlab, tuman hokimi taʻlim va taraqqiyot yo’lidagi odimlar, kelajak egalari kamoli uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ular zabt etayotgan muvaffaqiyatlarda yaqqol namoyon bo’layotganini qayd etdi.
Unga ko’ra, o’tgan yilda 1299 ta bitiruvchidan 273 nafari talabalikka qabul qilinga bo’lsa, bu yil ushbu ko’rsatgich yanada oshib, 1307 nafar bitiruvchidan 591 nafari talabalikka qabul qilingan. Shundan 3 nafari xorijiy OTM talabasi bo’lgan.

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomovning xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqoti boshlandi.

HASHAR – XALQIMIZGA XOS QADRIYAT
So‘ngi yillarda kuzatilayotgan murakkab suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv yo‘qotilishini kamaytirish uchun sug‘orish tarmoqlarida tozalash tadbirlarini o‘tkazish muhim hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, bugun Mirishkor tumani Irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “UR-6” kanalida hashar tashkil etilib, bo‘lim boshlig‘i Azizbek Tursunov boshchiligida 50 nafardan ortiq ishchi xodimlar hasharga jalb etilib, kanalning 2 kmdan ortiq qismi mexanizm va qo‘l kuchi yordamida tozalash ishlari tashkil etildi.
Hashar davomida kanal boshida qozon-o‘choq qurilib, imom xatib va nuroniylar duosi olindi va ishchi xodimlar uchun tushlik tashkil etildi.

“Ona qalbiga quvonch” – “Guliston” qishlog’ida yashovchi, bir nafar nogiron farzandini parvarishlab, kelini va ikki nabira bilan yashayotgan Xolida Mavlonova xonadonida ta’mirlash ishlari boshlanib, hokim tashabbusi bilan uyining tom qismiga shifer ajratildi.

Prokuror “qizil” toifaga mansub yoshlarga masʼullar bilan uchrashdi.
Yoshlarni eʼtibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida masʼullar biriktirilib, toifalarga bo‘lindi.
Mirishkor tumani prokurori – 2-sektor rahbari Sardor Nazarov 2-sektor hududidagi 199 nafar “qizil” toifaga mansub yoshlarga biriktilrilgan 10 nafar masʼullar bilan uchrashib, belgilangan vazifalar bo‘yicha tahliliy muhokama qilindi.
Ushbu toifadagi yoshlarning 59 nafariga yordam ko‘rsatilib, ularga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, dehqon xo‘jaligida foydalanish uchun yerlar ajratilgan va boshqa yordamlar ko‘rsatilgan.
Uchrashuv so‘nggida, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Viloyatda rejani birinchi bo‘lib bajargan paxtakorga qimmat baho sovg‘a berildi.
Xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyati hokimi sektori hududidagi “Obod” qishlog‘ida joylashgan “Nasl chorva ko‘zgusi” MCHJ 15 gektar dalasida paxta yetishtirib, “Sulton golden tex” klasteri bilan 51 tonna hosil topshirish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Shuhrat Bozorov rahbarligidagi korxona amalda 58 tonna xomashyo topshirib, viloyatda birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi.
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov va prokuror – 2-sektor rahbari Sardor Nazarovlar korxona rahbari Shuhrat Bozorov bilan uchrashib, bugungi g‘alaba bilan tabriklashdi va unga qimmat baho sovg‘a topshirishdi.
“Siz azizlar mehnatini biz doimo qadrlaymiz. Biz ham Sizning oldingizda yelkadosh bo‘lib mehnat qilishdan charchamaymiz”, dedi hokimi.
Shuhrat Bozorov sovg’ani qabul qilish chog’ida dalada hosil mo’lligi, qo’shimcha 20 tonna hosil topshirishni maqsad qilganini bildirdi.

Mirishkor tumani soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi.
Oymahmedov Hamidullo Murodullayevich Mirishkor tumani soliq inspeksiyasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Hamidullo Oymahmedov 1988 yilda tug’ilgan. 2010 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Bunga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Hisobni yuritish va budjet daromadlarini prognozlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzod Fayzullo G‘ulomov saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashiga 14-Ayzabod saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga “Ekologik” partiyadan nomzod Fazyullo G‘ulomovning saylovoldi tashviqoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, tuman saylov komissiyasi raisi G‘ayrat Omonov saylovchilarga nomzod haqida maʼlumot berib, so‘ngra dasturga navbatni berdi.
Fayzullo G‘ulomov saylovchilarga o‘z dasturini tanishtirarkan, ekologik sohaga oid ishlarni takomillashtirish, aholiga munosib sharoit yaratish, “Ayzabod” va “Baluj” mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini taʼminlash, sifatli suv tarmoqlarini joriy etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar asosiy yo‘nalishi ekanligini maʼlum qildi.
Shundan so‘ng saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Kengash qarori bilan saylov joriy yilning 10-sentabr kuni o’tkaziladi.