
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining 47-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Xamrayev sessiya ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib, birinchi masala bo‘yicha so‘zni tuman saylov komissiyasi raisi G‘ayrat Omonovga berdi.

1-MASALA
- Axborot beruvchi saylov komissiyasi raisi
Mirishkor tumani saylov komissiyasi raisi G‘ayrat Omonovga ko‘ra, joriy yilning 10 sentyabr kuni Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashiga 14-Ayzabod saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov bo‘lib o‘tgan.
Jami saylovchilarning 85 foizi ishtirok etgan saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, “Ekologik” partiyadan nomzod Fayzullo G‘ulomov “Ayzabod” va “Baluj” mahallalari deputati etib saylangan.
Shu kuni Fayzullo G‘ulomov Kengash raisi sifatida ish boshlab, sessiya ishini davom ettirdi.

2-MASALA
- Axborot beruvchi Xalq qabulxonasi mudiri
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri Abduvali Xolovning tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari faoliyati natijadorligi yuzasidan axboroti tinglandi.
Abduvali Xolov hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birga yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida tanqidiy va tahliliy axborot o‘qigan.

3-MASALA
- Axborot beruvchi hokim o’rinbosari
Shuningdek, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jaxongir Abdinazarov 4-masala yuzasidan so‘zga chiqib, “Oltin Boshoq” hududidagi tuman hokimligi zaxirasida turgan 3351k, 3343k-konturlardagi jami 12,0 ga yer maydonini ochiq auksion tanlovga chiqarish to‘g‘risida taklif kiritib, deputatlar tomonidan bir ovozda maʼqullandi.

4-MASALA
- Axborot beruvchi Iqtisod va moliya bo’limi boshlig’i
Mirishkor tuman jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Tashabbusli byudjet” jarayonida fuqarolar tomonidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha jarayonlar yakunlariga ko‘ra, tumanda eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan takliflarni moliyalashtirish to‘g‘risida Iqtisod va moliya bo‘limi boshlig‘i Abusaid Shukurov o‘qigan axborot ham deputatlar tomonidan maʼqullandi.

5-MASALA
- Axborot beruvchi hokim o’rinbosari
“Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan mablag’ ajratish to’g’risida tuman hokimining moliya-istisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Anvar Sariqovning axboroti tinglandi.
Sessiyadan foto lavhalar











