Mirishkor tuman hokimligi majlislar zalida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov, Respublika Konstitutsiyaviy komissiyasi aʼzosi Qarshi Davlat Universiteti professori Abdurahim Irkayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxfirat Xushvaqtova va viloyat hokimi maslahatchisi Ziyoda Aminovalar tuman faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tuman rahbari kirish so‘zini tabrik bilan boshladi.

«Avvalambor, barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborak etaman», dedi Sherali Sanayev.

Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi, yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, amaldagi Konstitutsiyamizga zamon talablariga mos ravishda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

«Sizlar bilan suhbatlashish menga yoqadi, faqat 30 daqiqacha tinglaysizlar endi», deb so‘z boshladi Konstitutsiyaviy komissiyasi aʼzosi – Qarshi Davlat Universiteti professori Abdurahim Irkayev.

Abdurahim Irkayev amaldagi Konstitusiyamizga zamon talablariga mos ravishda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish borasida amalga oshirimayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxfirat Xushvaqtova:

«Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra, qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilmoqda.

@mirishkorpress