«Yangi Oʻzbekiston» xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, unda hayot maʼnosini anglash, milliy madaniyat, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizni bezavol saqlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub boʻlgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.

Mirishkor tuman Chandir madaniyat markazida «Bebaho qadriyatlarimiz va milliy urf-odatlarimiz» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan milliy va anʼanaviy qadriyatlarni koʻz qorachigʻiday asrab avaylash, milliy eʼzozlash, nuroniylar va yoshlar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oldidan milliy urf-odatlarni oʻzida aks ettirgan koʻrgazma tashkil etildi.

Chandir madaniyat markazida «Bebaho qadriyatlarimiz va milliy urf-odatlarimiz» shiori ostida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Tursunov, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi Manzura Ochilova va tuman boʻlimi boshligʻi Zamira Mamanazarovalar ochib berishdi.

Ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan milliy va anʼanaviy qadriyatlarni koʻz qorachigʻiday asrash, avaylash, nuroniylar va yoshlar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda namunali 80 nafar nuroniy onaxonlarga tashakkurnomalar topshirildi.