Masjid musulmonlar ibodat etuvchi va poklanuvchi eng pokiza hamda toza makondir. U yerda kalimalar keltirilib, insonlar yanada rahm-shafqatli boʻlib, doʻstlik va mehribonlik kuchayadi.
Chandir qishlogʻining Istiqlol mahallasida joylashgan Anna jome masjidida ham musulmonlar ibodat qilishadi, bir-birlaridan tarbiya, axloq, odob oʻrganadilar.
Iymonli va saxovatli xalqimizning ixtiyoriy koʻmaklari bilan mazkur masjidda taʼmirlash ishlari boshlandi.
Tuman rahbari Sh.Sanayev masjidlarni oʻrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va obod qilish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri degan edi.

Hokim ta’kidlagan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Mirishkor tuman Din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi F. Asadov hamda tuman Bosh imom xatibi Sh.Murodovlar Anna jome masjidining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarligini koʻzdan kechirdilar.