Aholini ro’yxatga olish – O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o’tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.

Aholini ro’yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish, demografik ko’rsatkichlarni hisoblash va prognozlash, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanishni o’rganish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun aholi to’g’risida ishonchli va xolis axborotlarni olish hisoblanadi.

Aholini ro’yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: