Mirishkor tuman hokimligi majlislar zalida Prezident administratsiyasi vakili M. Isayev, Mahalla va nuroniylar vazirligi vakili B. Xonturayev va tuman hokimi Sherali Sanayevlar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mutasaddi tashkilot bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida xotin-qizlar bilan bogʻliq hamda oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, ularni oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini takomillashtirish, mutasaddi davlat organlari tomonidan xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar faollarining ish faoliyatidagi uchrayotgan muammo va takliflarini eshitish hamda koʻtarilgan masalalarni hal etish va boshqa masalalar yuzasidan muloqot bo‘ldi.

@mirishkorpress