Mirishkor tuman Adliya boʻlimi tomonidan tuzilgan ishchi guruh bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki Ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan Qoʻshma Qaror ijrosi boʻyicha tumandagi 3-sonli musiqa maktabida bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida «Vatan taqdiri-mening taqdirimda» mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningda «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi», «Yoshlar huquqlarining kafolatlari va ularga berilayotgan imtiyozlar», «Prezident saylovi-siyosiy jarayon» mavzularida darslar oʻtilib, innovatsion usuldan foydalanilgan holda tadbir ishtirokchilariga turli mavzularda slaydlar namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Bundan tashqari, barcha ishtirokchilarga Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan «Hayotiy masalalar boʻyicha huquqiy qoʻllanma» kitoblari tarqatildi.