Mirishkor tuman 4-sektor hududidagi «Shodlik» mahallasida sektor rahbari M. Djabbarov, Davlat soliq boshqarmasi vakili O. Uzoqov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X. Sharopov, Xalq qabulxonasi mudiri A. Xolov, IIB, tibbiyot va boshqa soha vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.

Shundan, 21 nafar fuqarolardan turli sohalarga oid murojaatlar kelib tushdi. 5 ta murojaat joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Qabul yakunida 8 ta ehtiyojmand oilaga mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi topshirildi.