Qadrli uka va singillarim! Siz azizlarimni 30-iyun “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman!
2017 yilning 30-iyun kuni Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining toʻrtinchi qurultoyida ushbu sanani “Yoshlar kuni”, deb eʼlon qilish taklifini kiritgandi. Taklif delegatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va 30-iyun — “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadigan boʻldi.
Albatta bu yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor namunasi, Yurtboshimiz tomonidan ularga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, berilayotgan imkoniyatning yorqin ifodasidir.
Qadrdonlarim!
Bu galgi bayram sanasini ham yoshlarimizning ajoyib yutuqlari bilan kutib olmoqdamiz.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Respublika «Qizlar ovozi» klubining Mirishkor tumani boʻlimi rahbari Zabarjad Qaxorova «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Mamadiyev Jahongir va Murodullayeva Setoralar Britaniya menejment universiteti talabasi boʻlishdi. Yashinbek Oltiyev Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan «Peongtaek 2022 Osiyo Okeaniya ochiq chempionati»da erkaklar oʻrtasida 72 kg gacha boʻlgan vazn toifasida faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻulomova Shabnam “Oʻzbek jang sanʼati” boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari tumanimizning iqtidorli yoshlari koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritishdi.
Aziz yoshlar!
Barchangizni bugungi bayram bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Bayramingiz muborak boʻlsin.
Sherali Choriyevich Sanayev
Mirishkor tumani hokimi