Hafta dayjesti

Mirishkor tumani hokimligi axborot xizmati hafta davomidagi eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola qiladi. Ko‘zi ojizlar jamiyati aʼzolari uchun sayohat tashkil etildi. Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov tashabbusi bilan ko‘ngli yarim, imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida sayohat tashkil etildi. Ko‘zi ojizlar jamiyatining 30 nafardan ortiq aʼzosi ko‘hna Shahrisabz shahrining tarixiy manzillarida bo‘lib, sayohat qilib qaytishdi. […]