«Aholini ro’yxatga olish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O’zbekiston Respublikasida bo’lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini ro’yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ro’yxatga olinadi. Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro’yxatga olishni o’tkazish bo’yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro’yxatga olishni o’tkazish bo’yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Aholini ro’yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari: O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir ma’muriy-hududiy birlik bo’yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to’g’risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig’ish aholini ro’yxatga olishning maqsadi hisoblanadi. Quyidagilar aholini ro’yxatga olishni o’tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: aholi tarkibidagi global o’zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog’lig’ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko’rsatish chora- tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish; aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish bo’yicha qisqa, o’rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish; milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o’tkazish; aholini ro’yxatga olish davrlari oralig’ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;

Mirishkor tumani statistika bo‘limi