Hokim qabulida boʻlgan 36 nafar yoshning murojaatlari qanoatlantirildi

Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayevning fuqarolar va yoshlarning murojaatlari boʻyicha oʻtgan qabulidan soʻng, 26 nafar yoshning taʼlim kontraktlari toʻlovlari, 3 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati toʻlovlari toʻlab berildi. Shuningdek, davolanish xarajatlariga yordam soʻragan 7 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam beriladigan boʻldi.

“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Mirishkor tuman hokimining tabrigi

Assalomu alaykum, mehribon shifokorlar va tibbiyot sohasining fidoyilari! Gʻoyat masʼuliyatli va mashaqqatli kasb egalarini “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Insoniyat paydo bo’libdiki, dardga chalinganda, xastalik xurujlarida, avvalo Siz azizlardan najot kutadilar, dardlariga davo istaydilar. Salomatlik posbonlari xalq bilan birga bo‘lib, har bir aholining xonadonlariga tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini olib […]

Ishchi guruh «Mirishkor» mahallasi aholisi bilan uchrashdi

“2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli Prezident qarori mazmun mohiyatini aholi orasida tushuntirish va tashviqot qilish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi «Mirishkor» mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla faollarining murojaatlari, mavjud muammolar oʻrganildi. Qarorda hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, […]

OAV vakillari tumanning eng chekka hududlaridan birida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tumanda tashkil etilgan «Yoshlar festivali» doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etilib, choravachilik rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, chekka hududlarda turli millat vakillarining hayot tarzi, mehnat faoliyatlari va sayyor qabullarda muammo va murojaatlar yechimlari koʻrsatib berildi. Tadbirga «Zamon» informatsion dasturi va «Qashqadaryo» TRK muxbirlari, UZA vakillari, blogerlar Otabek Artikov va Kapitan Karimovlar hamda tuman «Mirishkor mashʼali […]

Mirishkorda «Yoshlar festivali» bo‘lib o‘tdi.

Mirishkor tumanida tuman hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmatining tuman bo‘linmasi va Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasi asosida «Yoshlar festivali» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Pomuq shaharchasida ulugʻ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli tavalludining 291 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Turkman adabiyotiga tamal toshini qoʻygan buyuk shoir haykali poyiga gulchambar qoʻyilib, uning […]

Munosabat

Telegram messenjerida «Mahalla xodimlariga ustama toʻlanmayapti — Mirishkor» sarlavhasi ostida murojaat eʼlon qilindi. Murojaatga koʻra, «Qashqadaryo viloyat Mirishkor tuman mahallari uchun mahalla xodimlariga Prezident qarori asosida toʻlanadigan 30% ustama toʻlanmay keladi», deyiladi va undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻi eʼlon qilingan. Biroq, 2021 yilning 23-dekabr kuni Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi qaroriga koʻra, 2021 yil 3-chorak yakunlari […]