Viloyat rahbari Mirishkor tumani paxta dalalarida boʻlib, terimchilarga yaratilgan sharoitlar va terim jarayonlari bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Mirishkor tumani paxta dalalarida boʻlib, terim jarayonlari, terimchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Joriy yilda tumandagi 1036 ta fermer xoʻjaliklari 19,1 ming gektar yer maydonida chigit ekgan boʻlib, fermer xoʻjaligi aʼzolari va uyushmagan aholi koʻngilli tarzda jalb etilib, terim ishlari boshlab yuborildi. @mirishkorpress