Munosabat

Telegram messenjerining «Mirishkor 26» nomli kanalida tuman markazidagi 1-sonli maktab hovlisida qurib yotgan daraxtlar aks etgan foto lavhalar e’lon qilindi. Mazkur holat yuzasidan tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasiga tegishli tartibda o‘rganish uchun hamda Xalq ta’limi bo‘limiga ma’lumot uchun yuborildi.

«Bebaho qadriyatlarimiz va milliy urf-odatlarimiz»

«Yangi Oʻzbekiston» xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, unda hayot maʼnosini anglash, milliy madaniyat, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizni bezavol saqlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub boʻlgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. Mirishkor tuman Chandir madaniyat markazida «Bebaho qadriyatlarimiz va milliy urf-odatlarimiz» shiori […]