Ehtiyojmand, «Temir daftar»ga kiritilgan 20 ta oilaning 80 nafar a’zolariga 20 kilogrammdan bepul un tarqatildi.

Prezidentning «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-258-sonli qaroriga asosan tumandagi 131 nafar «Temir daftar»ga kiritilgan, reyestr ro‘yxatida turgan ehtiyojmand va bir martalik moddiy yordam olmagan oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi. Kuni kecha, «O‘zbekiston», «Nurafshon» va «Obodon» mahallasidagi 17 ta oilalarga 20 kgdan jami 1,3 tonna […]

«O‘zbekiston» mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqatlar yarmarkasi tashkil etildi.

Tuman hokimligi va hokim yordamchilari tashabbusi bilan «O‘zbekiston» mahallasida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqatlar yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada un 255 ming so‘m, kartoshka 2,5 — 3 ming so‘mdan sotilgan. Arzon narxlarda xarid qilayotgan xaridorlar ko‘chma yarmarkalar tashkil etilishidan mamnunligini bildirishgan. Telegram messenjeridagi kanallarda bozordagi narx-navo tushgani haqida video lavhalar e’lon qilindi.