Mirishkor tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Musurmon Bo‘riyev hududlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida joriy yilning may oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tumanda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbiri, «Xavfsiz hudud» va narkotrafikni yoʻlini toʻsish, narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlab, fosh etish, tarkibida narkotik moddasi boʻlgan oʻsimliklar ekilgan maydonlarni yoʻq qilish va narkomaniyaning tarqalishini oldini olishga qaratilgan «Qoradori-2022» keng qamrovli tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan 12 922 ta xonadonlar oʻrganib chiqilib, oʻrganishlar davomida 34 nafar ilgari sudlangan va 305 nafar boshqa toifadagi shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan tezkor-profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Shubha uygʻotganligi uchun 368 nafar shaxslar ichki ishlar organlari tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Xonadonlarni oʻrganish davomida yangidan 50 nafar yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan va 28 nafar yashash manzillariga qaytib kelgan fuqarolar aniqlanib, “UMKSH” avtomatlashtirilgan elektron bazasiga kiritildi.

Xonadonlarni oʻrganish jarayonida 327 nafar shaxslar huquqbuzarlik sodir etganligi aniqlanib, maʼmuriy tartibda choralar koʻrildi.

Jumladan:

2 nafar shaxs tomonidan Oʻz. Res MJTK ning 206-moddasida koʻrsatilgan “Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish” huquqbuzarligini;

1 nafar shaxs tomonidan Oʻz. Res. MJTK ning 189-moddasida koʻrsatilgan “Pornografik materiallarni tayyorlash va tarqatish” maʼmuriy huquqbuzarligini,

2 nafar shaxslar tomonidan Oʻz. Res. MJTK ning 190-moddasiga koʻrsatilgan fohishachilik bilan shugʻullanish maʼmuriy huquqbuzarligi,

2 nafar shaxslar tomonidan Oʻz. Res. MJTK 2061-moddasida koʻrsatilgan “Himoya orderi talabini buzish” huquqbuzarligini;

2 nafar shaxslar tomonidan Oʻz. Res. MJTK ning 1852-m 1-q koʻrsatilgan “Oʻtkir tigʻli jismlarni saqlash” huquqbuzarligini,

46 nafar shaxslar “Mayda bezorilik”,

9 nafari shaxslar “Jamoat joyida spirtli ichimlik ichish” maʼmuriy huquqbuzarliklarini sodir etganligi aniqlanib, ularning javobgarlik masalasi hal qilinishi taʼminlandi.

Tuman hududida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyachisini taqdim etuvchi, tazyiq oʻtkazgan yoki ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanilishiga sabab boʻladigan hujjat sifatida 17 nafar ayollarga “Himoya orderi” berilgan.