Assalom alaykum,

Hurmatli tumanimiz ahli!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-oktabr kuni “turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda 1-dekabrga qadar “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi. Davlat rahbari ilgari surgan ushbu loyiha tub zamirida Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni avaylab asrash kabi azaliy qadriyatlar yotadi.

Qadrli tumandoshlar!

Qayerda obodlik, saranjom-sarishtalik bo‘lsa, o‘sha yerda fayz-baraka bo‘ladi”.

Zero, xalqimiz obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tabiatga mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchivosita sifatida eʼzozlab keladi.

Hurmatli mahalla faollari, nuroniy va ziyolilar!

Avlodlarimiz kelgusida munosib tabiiy muhitda, toza ekologik sharoitda yashashlari kerak.
Buning uchun albatta zarur chora-tadbirlarni belgilagan holda tizimli ishlarni olib boriladi. Eng avvalo, aholida, xususan, yosh avlodda ekologik madaniyatni oshirish lozim. Bunga nuroniylar, mahalla faollari, keng jamoatchilikni o‘zi o‘rnak bo‘lgan holda yosh avlod qalbida ona tabiatga daxldorlik hissini faqatgina tarbiyalash orqali shakllantirishga erishish mumkin.

Har bir ekilgan daraxt havoni changdan tozalashi, kislorod ishlab chiqarishi bilan birga hozir butun dunyoda kuzatilayotgan iqlim o’zgarishlariga ijobiy ta’sir etib, kelajak avlodga yashil makon ulashadi.

Shu sababli, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil kuz mavsumida tumanimiz hududida 390 mingdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.

Ekiladigan daraxtlarni parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ularning mahsuldorligini oshirish, bizning nafaqat oldimizdagi vazifa, balki, tabiatni asrab avaylashdagi insoniylik burchimizdir.

Qadrli xotin-qizlar, opa-singillar!

Ona tabiatga befarq bo‘lmagan har birimiz o‘zimiz yashayotgan va mehnat qilayotgan binolar, tevarak-atrof, hovlilar va yo‘l yoqalarida ekilgan turli xil mahalliy iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlarini parvarishlab, o’zimizdan bog’ qoldiraylik.

Ekilgan dov-daraxtlarni kasallanishi, qurib qolishini oldini olishda boshqalarga o’rnak bo’lishimiz lozim.

To‘rt faslda ham ko‘zni yashnatadigan, toza havo bilan boyitadigan, manzarali va mevali ko‘chatlarni ko‘paytiraylik!

Aziz yoshlar, sportchi va ilimga chanqoq iqtidor egalari!

Yodingizda bo’lsa, Davlatimiz rahbari hovli-joyini pok saqlashni, tuproqni, suvni, tabiatni muqaddas deb bilgan xalqimiz oilada farzand dunyoga kelganda unga atab nihol ekishni azaliy qadriyat deb bilganini alohida ta’kidlagandi.

Shunday ekan, biz ham ushbu dastur doirasida xonadonlarimizda 20 dan ortiq mevali va manazarali ko’chatlarni ekish tashabbusini ilgari sursak.

Bu qilinayotgan ijobiy sa’y-harakatlar xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash va ezgulikni yoshlar qalbi, ongu shuuriga singdirish, qishloq va mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishga xizmat qiladi.

Qadrli va mehnatkash Mirishkorliklar, aziz tumandoshlar!

Davlat rahbari tomonidan Vatanimizni, tabiatni asrashda muhim vazifalar belgilanishi, ekologik vaziyatdan kelib chiqib, daraxt ekishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi xam aholi farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Shunday ekan biz barchaga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatni, qadriyatlarimizga bo‘lgan eʼtiborni qo‘llab quvvatlash, o‘z Vatani va tabiatni ko‘z qorachig‘idek avaylab asrashda fidoyi bo‘lib, namuna ko‘rsatishimiz kerak.

Yaxshidan bog‘ qolar” deydi dono xalqimiz. Tildan-tilga, dildan-dilga o‘tib kelayotgan ushbu naql muqaddas qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz xotirjamlik silsilasiga uzviy bog‘liqdir.

So‘zimiz yakunida, Siz aziz tumandoshlarimizni azaliy qadriyatlarimizga xos ravishda yelkama-elka turib, tabiatni asrashda, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.