Prezidentning «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-258-sonli qaroriga asosan tumandagi 131 nafar «Temir daftar»ga kiritilgan, reyestr ro‘yxatida turgan ehtiyojmand va bir martalik moddiy yordam olmagan oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi.
Kuni kecha, «O‘zbekiston», «Nurafshon» va «Obodon» mahallasidagi 17 ta oilalarga 20 kgdan jami 1,3 tonna bepul un tarqatilgan bo‘lsa, bugun 2 va 4-sektor hududlaridagi ehtiyojman oilalarga ham un taqsimlab berildi.




Xususan, «Navbahor», «Obod», «Bo‘ston», «Guliston», «Vori» QFYlar va «Chandir» hamda «Yangi hayot» mahallalarida yashovchi 20 ta «Temir daftar»ga kiritilgan, reyestr ro‘yxatida turgan ehtiyojmand va bir martalik moddiy yordam olmagan oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan jami 1,6 tonna bepul un tarqatiladi.