Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozir dunyoda OIV infeksiyasidan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor bor. Ular soni yiliga oʻrtacha 1,5 million nafarga koʻpaymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin boʻlyapti.
Sana munosabati bilan Mirishkor tumanida ham tibbiyot birlashmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan seminar va aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.