Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Mirishkor tuman hokimi Sherali Choriyevich Sanayevning «Ishlab chiqarish obʼektlarining aholi bandligini taʼminlashga taʼsiri va ahamiyati» mavzusida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda OAV vakillari, bloger va jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari hamda AOKB vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir Prezident Administratsiyasi huzuridagi AOKAning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tuman hokimining anjumandagi axboroti quyidagicha keltiriladi:

Mirishkor tumanida umumiy aholi soni 125,1 ming nafarni tashkil qiladi. Shundan mehnatga layoqatli aholi soni 69,2 ming nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 55,4 ming nafarni, Iqtisodiyotda band aholi soni 50,6 ming nafarni, shundan rasmiy sektorda band boʻlgan aholi soni 23,4 ming nafarni, norasmiy sektorda band boʻlgan aholi soni 27, 2 ming nafarni tashkil etadi.

Mirishkor tumanida 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida tumanda roʻyxatga olingan hamda faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni 1464 tani tashkil etadi.
Tumanda 9 oylik yakuni bilan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisida aytadigan boʻlsam.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 417,3 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 142,4 foizga oʻsgan.
Xizmatlar hajmi 532,5 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 110,3 foizga oʻsgan.
Chakana savdo aylanmasi hajmi 494,6 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 107,1 foizga oʻsgan.

Qishloq xoʻjaligi hajmi 1617,1 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 107,8 foizga oʻsgan.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar!
Sizlarga tumandagi ishlab chiqarish obʼektlarining yaʼni sanoat yoʻnalishida aytib oʻtadigan boʻlsam. 2022 yilda sanoat yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni 205 tani tashkil etib 500 dan ortiq ishchi xodimlar mehnat qilib kelmoqda.

Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 oyda 417,3 mlrd soʻm boʻlgan. Shundan; ishlab chiqarishdagi sanoat ulushi 417,0 mlrd soʻm, togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoat ulushi 0,3 mlrd soʻm.
Tumanning viloyatdagi sanoat ulushi 2,8 foizni tashkil qiladi. Yil oxiriga borib 3 foizdan oshadi.

Bugungi kunda tuman aholisining jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti ulushi 3,4 mln soʻm dan toʻgʻri kelmoqda. Yil oxiriga borib ushbu koʻrsatkich 4 mln soʻmdan oshadi.
Tumandagi hokim yordamchilari tomonidan imtiyozli kredit olishga bergan ijobiy tavsiyasiga asosan 64 ta fuqaroga 1,7 mlrd soʻm ajratish natijasida oʻzlarining kichik ishlab chiqarish (blok gʻisht, tikuvchilik sexi, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, xoʻjalik sovunini ishlab chiqarish, v.h) korxonalarini tashkil qilib daromad olib kelmoqda.

Tumanda hozirgi kunda aholining daromadini va bandligini taʼminlashda Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidan soʻng ishlab chiqarish obʼektlarining koʻp miqdorda ishga tushirilishi natijasida sanoat yoʻnalishi yetakchi oʻringa chiqib oldi. Misol uchun joriy yilning boshida tumanimizning chekka hududi boʻlgan Pomuq shaharchasida «UNIVERSAL YASINA TEX» MCHJ tomonidan Ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi natijasida 250 nafar ishsiz aholi ish bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, Guliston qishlogʻida bir necha yildan biri boʻsh turgan ishlab chiqarish obʼektini Istiqboli loyiha boʻlgan, yiliga 26 ming tona un ishlab chiqaradigan «The Best Agroxim Cluster» MCHJ zavodi qurilib, bugungi kunda 100 dan ortiq ishsiz aholi doimiy ish bilan taʼminlanib oilalariga daromad olib kelmoqda.

Mirishkor mahallasidagi boʻsh turgan 2 ta obʼektni Istiqboli loyihalar boʻlgan “Mirishkor tekstil group cluster” MCHJ tomonidan Samo brendi ostida qiymati 24,4 mlrd soʻm boʻlgan yillik 6 mln dona tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi joriy yilning 4-choragida amalga oshiriladi. Mazkur obʼektning ishga tushirilishi natijasida 400 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Ikkinchi istiqboli loyiha, “Temur Hamkor Plast” MCHJ tomonidan yillik quvvati 3000 tonna boʻlgan tomat pastasini ishlab chiqaradigan zavod barpo etilmoqda ushbu loyiha 2023 yil 1-chorakda ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib natijada 80 nafar ishsiz aholi doimiy ish bilan band boʻladi.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar!

2023 yilda ishlab chiqarish obʼektlarida sanoat yoʻnalishida istiqboli loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot:

Tumanda salohiyati jihatidan yuqori boʻlgan “Litai textile Overseas” MCHJ klasterimiz tomonidan Obod QFY hududida Paxtani qayta ishlash va chigitni chuqur qayta ishlash zavodlari qurilish ishlari boshlab yuborilgan boʻlib 2023 yil 2- chorak boshida ishga tushirish rejalashtirilgan. Zavod ishga tushishi natijasida 450 nafar ishsiz doimiy ish bilan taʼminlanadi.

Pomuq hududida joylashgan “Original Sotton Mirishkor” MCHJ klaster tomonidan chigitni chuqur qayta ishlash zavodi (Yogʻ ishlab chiqarish)ni tashkil yetish loyihasi. 2023 yil 2-chorak boshida ishga tushirish rejalashtirilgan natijada 100 dan ortiq ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan band boʻlib oilalariga qoʻshimcha daromad keladi.

Navbaxor QFYdagi boʻsh turgan obʼektni Istiqboli loyiha boʻlgan “Mirishkor Ratex Textile” MCHJ tomonidan Ip kalava ishlab ishlab chiqarish fabrikasi qurilish ishlari boshlab yuborilgan boʻlib 2023 yil 1-chorakda ishga tushirish rejalashtirilgan, ushbu fabrika ishga tushishi natijasida Navbahor va qoʻshni mahallalardagi 300 nafar ishsiz aholi doimiy ish bilan taʼminlanadi.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid, jurnalist va blogerlar tomonidan ularga yo‘llangan murojaatlar yuzasidan tuman hokimiga savollar berib, javob olishdi.