Assalom alaykum hurmatli yurtdoshlar, qadrli qonunimiz himoyachilari!

Mamlakatimizda inson huquqlarini muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish, aholi huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash, sud-huquq tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirayotgan prokuratura xodimlari kuni hamda sohaning 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Azizlarim!

Mirishkor tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonuni bilan belgilangan vakolatlar doirasida tumanda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Yakunlangan yilda prokuror nazorati sohasida 102 ta tekshirishlar oʻtkazilib, tekshirish va tahlillar natijasida jami 746 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanildi.
Jumladan, 384 ta noqonuniy qarorlarga protest, 77 ta taqdimnoma, 316 mln. soʻmlik 115 ta daʼvo arizasi kiritilib, 96 nafar shaxslarga nisbatan qonun buzmaslik haqida ogohlantirish eʼlon qilingan, 25 mln. ming soʻmlik zararlar ixtiyoriy undirilishi taʼminlangan, taqdimnoma va qarorlar natijasi boʻyicha 113 nafar shaxs intizomiy, 90 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 11 ta jinoyat ish qoʻzgʻatilib, jami prokuror nazorati hujjatlari asosida 862 nafar shaxslarning, shundan 160 nafar yuridik shaxsning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishilgan. Shuningdek, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda faoliyatini turli sabablarga koʻra toʻxtatgan 71 ta tadbirkorlik subʼektlarining 43 tasining faoliyati tiklanishiga, aholiga koʻrsatilayotgan yordamlar natijasida 368 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari, 211 ta yangi yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari tashkil qilinishiga erishilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan 29 nafar shaxslarga nisbatan 16 ta jinoyat ishlari tamomlanib, aniqlangan 4 mlrd 367 mln. soʻmlik moddiy zararlar 100 foiz undirilishi taʼminlangan.

Bunda inson huquqlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida protsessual majburlov choralarining qoʻllanilishida qonunbuzilishi, fuqarolarni asossiz ushlanishi, asossiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, shaxsning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishi holatlariga yoʻl qoʻyilmaganini alohida taʼkidlash lozim.

Hududlarnj ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tashkil etilgan prokuror boshchiligidagi 2-sektor faoliyatiga ham biroz toʻxtalsam. Sektor hududining umumiy aholisi 12 419 nafarni, xonadonlar 2 255 tani, oilalar 2 599 tani tashkil etadi.

Sektorda olib borilgan oʻrganishlar natijasida 92 ta oila ijtimoiy himoyaga muhtoj sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, 5 tasi kam taʼminlangan, 20 tasi nogironlar, 9 tasi boquvchisini yoʻqotganlar, 3 tasi yakka yolgʻizlar, 55 tasi karantin sababli daromadini yoʻqotganlardan iborat.

Mazkur oilalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida jami 304 ta 223 mln soʻmlik, jumladan, 141 ta 23 mln soʻmlik (goʻsht, un, yogʻ, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, makaron va boshqa) oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Homiylar yordamida 3 ta oilaga 1,5 mln. soʻm naqd pul toʻlab berildi, 4 ta oilaga 322 ming soʻm kommunal qarzdorlik toʻlab berildi, 5 ta oilaga 2,7 mln ming soʻmlik dori-darmon yetkazib berildi, 3 ta oilaga 27 mln. soʻmlik yordamlar koʻrsatilib uy joyi taʼmirlab berildi.

Muhtojlikdan chiqarish uchun 4 ta oilaga bandlik ssuda ajratib 1 sotixlik bepul issiqxona qurib berildi.

“Navbahor” MFYda nogiron, yolgʻiz ona Eshonqulova Diloromning 2 xonali uyi 17 mln soʻmga toʻliq taʼmirlab berildi.

Shuningdek, 2-sektordagi Boʻston QFYda yashovchi 11 ta oilaning yashash sharoitlari oʻrganilib, homiylik hisobidan barchasining uy-joylari taʼmirlab berilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, 2021 yil davomida Navbahor QFYda 1 ta hamda Obod QFYda 7 ta xonadonda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Siz azizlarimni, Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, har bir xodim Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, olijanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni boʻlib, faqat va faqat xalq manfaati yoʻlida ogʻishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizga yangi-yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Umringizdan, mehnatingizdan baraka toping!

Sherali Choriyevich SANAYEV

Mirishkor tuman hokimi