Mirishkor tumanida tuman hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmatining tuman bo‘linmasi va Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasi asosida «Yoshlar festivali» tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Pomuq shaharchasida ulugʻ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli tavalludining 291 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Turkman adabiyotiga tamal toshini qoʻygan buyuk shoir haykali poyiga gulchambar qoʻyilib, uning hayoti va ijodi haqida soʻz yuritildi.

Tadbirni tuman hokimi Sherali Sanayev ochib berib, shoirning asarlari jahon xalqlarining 20 dan ziyod tiliga tarjima qilingani, Mirishkorda toʻy-hasham borki, uning sheʼrlari qoʻshiq qilib kuylanishi haqida toʻxtaldi.

«Zakovat» intellektual o‘yini

Mirishkor tuman Chandir qishlogʻidagi 34-sonli maktabda xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi va Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan festival doirasida maktablararo zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Qurol yaroqlarlar ko‘rgazmasi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi tomonidan «Yoshlar festivali» doirasida 34-sonli maktab sport o‘yingohida tadbir tashkil etilib, yoshlarga qurol-yaroq, anjom-aslahalar tanishtirildi.

Xotin-qizlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma

Millatlararo totuvlik

Sayyor qabul

Tadbir doirasida tuman sektor rahbarlarining yoshlar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tuman hokimi Sherali Sanayev mahalladagi yoshlar yetakchilarining hududda amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotini soʻrab, masʼullarning aholi oldida doimiy hisobot berishlari muhimligi taʼkidlagan.

Tadbirda 62 nafar yoshlardan turli sohalarga oid murojaatlar kelib tushgan. Qator muammo va murojaatlar joyida qanoatlantirilgan.

Jumladan, 24 nafar talabaning taʼlim kontrakt shartnoma pullari toʻlab berishni soʻrab qilgan murojaatlari qanoatlantirilgan.

Shuningdek, 21 nafar tikuvchilik qilib, bandligini taʼminlashni bildirgan yoshlarga subsidiyalar asosida tikuv mashinalari berilgan boʻlsa, 3 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruv xizmat badali toʻlab berilgan. 3 nafar yoshga payvandlagich berilgan. 2 nafariga kompyuter jamlanmalari berilgan. 9 nafar fuqaroga huquqiy tushunchalar berilgan.

Milliy kurash musobaqasi

Kinofilmlar namoyishi

Chandir madaniyat markazida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan yoshlar uchun milliy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturi

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasi asosida «Yoshlar festivali»ning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertda 5 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Dastlab, tuman rahbari Sherali Sanayev tadbirni tabrik so‘zlari bilan boshlab berdi. Shundan so‘ng, Davlat madhiyasi yangradi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi harbiylarining harbiy-vatanparvarlik ruhidagi chiqishlaridan lavhalar.

«Turkman milliy markazi» rahbari, «Shuhrat» medali va «Xalqlar doʻstligi» koʻkrak nishoni sohibi Umrzoq Quvvatov ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston elining sevimli san’atkori Odilbek Abdullayev festivalga yuqori kayfiyat ulashdi.

Mirishkor tuman Chandir qishlog‘ida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasi asosida tashkil etilgan «Yoshlar festivali»ning konsert dasturi yakunida mushakbozlik tashkil etildi.

Festival quyidagi OAVlar tomonidan yoritildi:

«Sevimli» TV — «Zamon» informatsion dasturi
«Qashqadaryo» TRK
UZA (O‘zbekiston milliy axborot agentligi)
NasafNews.uz
Otabek Artikov (bloger)
Kapitan Karimov (bloger)