Fermerlar chet elga boradi, noqonuniy qurilmalar nega buzildi?, «Qayum aka, Mirishkordaman», boshqalarga nisbatan qimmatroq paxta, chekka hududlarda tibbiy konteynerlar ish boshladi — hafta dayjesti.
Mirishkor tuman hokimligi axboroti xizmati haftaning eng muhim xabarlari dayjestini e’tiboringizga havola qiladi.

Mirishkorda 35 sentnerdan yuqori hosil olib, birinchi terimning oʻzida shartnomaviy rejani bajargan fermerlar chet elga sayohatga yuboriladi.
Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev fermerlarni ragʻbatlantirish chogʻida maʼlum qilgan. Sayohat klasterlar bilan hamkorlikda tashkil etilarkan. Manba

Mirishkorda obodonlashtirish ishlariga halal berayotgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.
Hududlarda Viloyat prokuraturasi va Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamkorlikda yer nazorati tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.
“Obod qishloq” dasturi doirasida Mirishkor tumanining «Vori» qishlog‘ida qurilish ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur hududda Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo’limi tomonidan nazorat tadbiri o’tkazilganida, 14 ta noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish holatlari aniqlangan.
Qonunbuzar shaxslarga rasmiy ogohlantirish xatlari berilib, ular bilan muloqot olib borildi va qonun talablari tushuntirildi.
Shundan so’ng, fuqarolar o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etib, yer maydonlarini qaytarilishini ta’minlashdi.
Natijada jami 0.20 gektar yer maydoni qaytarilishi ta’minlanib,327 m.kv noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

Paxta dalasida terim ishlari qizg‘in pallada.
Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Yanvar Inoyatov, Dolli Allayev, Qarshi Davlat Universiteti professori Abdurahim Irkayev va tuman hokimi Sherali Sanayevlar Jeynov va Chamanzor hududlaridagi paxta dalalarida mehnat qilayotgan terimchilar bilan suhbatlashdilar.
«Qayum aka hormang. Yuripmiz, Mirishkorni paxta dalasida. Dalani ko‘rsang bag‘ri diling ochiladi. Terimchilar bilan suhbatlashdik, boshqacha kayfiyatda qaytyapman«, — Yanvar Inoyatov, viloyati hokimi maslahatchisi (telefon suhbatidan).


«Agar 100 kilo paxta tersa, 175 ming so‘m bir kunda«, — Abdurahim Irkayev.
Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Yanvar Inoyatov, Dolli Allayev, Qarshi Davlat Universiteti professori Abdurahim Irkayev va tuman hokimi Sherali Sanayevlar Jeynovdagi paxta dalalarida paxta terayotgan terim otryadi rahbari bilan suhbatlashdilar.


«Baluj» va «Yangi ariq»da birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini koʻrsatuvchi konteynerlar ish boshladi.
Balujliklar tibbiy xizmatdan foydalanish uchun anchagina masofani bosib oʻtishga majbur edi. Tuman hokimining fuqarolar murojaatlari boʻyicha oʻtgan qabulida mahalla ahli qilgan murojaatlar besamar ketmadi.
Sherali Sanayev tashabbusi bilan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Baluj mahallasida shifokor koʻruvi va muolajaga moʻljallangan yangi konteyner oʻrnatilib, mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi.
«Yangi ariq» mahallasidan Jeynov shifoxonasigacha boʻlgan masofa inobatga olinsa, mahalla bu boʻgʻin xizmatidan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandi.
Mazkur mahallada ham qulay jihozlangan, ikki xonaga ega boʻlgan konteyner oʻrnatilib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish yo‘lga qo‘yildi.

«Navbahor» mahallasida yangi maktab foydalanishga topshirildi.
Mirishkor tuman «Navbahor» mahallasida 43-sonli umumiy maktab foydalanishga topshirildi.
Dastlab, Davlat madhiyasi tinglanib, soʻngra 2-sektor rahbari D. Shodmonov va Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Bektosh Shodiyevlar soʻzga chiqishdi.
«Bundan ikki yil avval oliy taʼlimga oʻqishga kirish boʻyicha bitiruvchilarimiz koʻrsatgichi juda past boʻlgan. Rahbarlar bilan olib borayotgan saʼy harakatlarimiz natijasida koʻrsatgich keskin oshdi. Joriy yilning hozirgi holatida 20% qayd etildi. Koʻrsatgich yana yuqorilaydi, sababi hali maʼlumotlar toʻplanyapti«, — dedi Bektosh Shodiyev.
Oʻquvchilarning harbiy vatanparvarlik va millatlararo hamdoʻstlik ruhidagi sahna koʻrinishlari, milliy hamda xorijiy raqs ijrosidan soʻng tadbir oʻz yakuniga yetdi.