«Prezident sovrini» topshirildi, shifokor kitobi nima haqida edi?, qishloq ayollari va qizlar kuni nishonlandi, gʻayriijtimoiy xulqqa ega ayollar bilan yangicha yondashuv, muhim chellenj — hafta dayjesti.

Mirishkor tuman hokimligi axboroti xizmati haftaning eng muhim xabarlari dayjestini e’tiboringizga havola qiladi.

Prezident sovrini gʻoliblarining ota-onalari va ustozlariga mukofotlar topshirildi.

Hukumatning tegishli qaror bilan Prezident sovrini uchun Xalq talimi vazirligi va Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamkorligida oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 20 va 21-sonli IDUM hamda 28-sonli maktab jamoasi aʼzolarining ota-onalari va ustozlariga pul mukofotlari topshirildi.

«Qashqadaryo TRK» ijodkorlari Chandir shifoxonasi bosh shifokori Sayfullo Sharopovning «Xalq tabobati muolajalari» nomli kitobi va shifokor faoliyati haqida alohida ko‘rsatuv tayyorlashmoqda.

Muallif inson salomatligi, uni asrash va kasallikning oldini olish haqida yozadi.

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Karomova 15-oktyabr Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri oldidan «Gilamchilik mikromarkazi» faoliyati bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirda qishloq ayollarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda faol ishtirok etayotgan bir guruh xotin-qizlarga tuman hokimi tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni”

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan.

Mazkur sana munosabati bilan tuman markazidagi 38-sonli maktab hamda Pomuq shaharchasidagi musiqa maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xotin-qizlarning gʻayriijtimoiy xulqiga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mirishkor tuman Tibbiyot birlashmasida “Xotin-qizlar orasida zoʻravonlik va boshqa jinoyatlarning oldini olishda tibbiyot xodimlari ishtiroki milliy amaliyot misollarida” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Dastlab, Mirishkor tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor — kapitan Mohinur Choriyeva soʻzga chiqib, xotin-qizlarning gʻayriijtimoiy xulqiga sabab boʻluvchi omillarni oʻrganish va bartaraf etish masalasi, ular orasida jinoyatchilikni oldini olishda tibbiyot xodimlari bilan hamkorlik qilish haqida taʼkidladi.

Shundan soʻng, mahallalardagi patronajlar va hamshira bilan xotin-qizlar salomatligi borasida ishlarni tashkil etish boʻyicha mahalla faollari ishtiroki borasida soʻz bordi.

«Yangi Mirishkor» mahalla faoli Holida Hamrayeva bemorlarga yaqindan koʻmaklashishda hamkorlikni yanada rivojlantirish yaxshi samara berishi haqida soʻz yuritdi.

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

1989 yil 21-oktabr – «Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida«gi qonuni qabul qilinib, unga asosan, oʻzbek tili – Oʻzbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil  10-apreldagi «Oʻzbek tili kunini belgilash toʻgʻrisida«gi qonuniga asosan, 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Mazkur sana munosabati bilan Mirishkor tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifar bo‘limi, Yoshlar ishlari boʻlimi hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi xodimlari «Qadring baland boʻlsin, ona tilim!» nomli chellenj oʻtkazishdi.