Assalom alaykum hurmatli yurtdoshlar, qadrli prokuratura organlari xodimlari va faxriylari!

Eng sharafli va masʼuliyatli vazifalaridan biri bu — qonuniylik va huquq-tartibot muhofazasi, shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdir.

Mamlakatimizda inson huquqlarini muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish, aholi huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash, sud-huquq tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirayotgan prokuratura xodimlari bugun sohaning 31 yilligini nishonlaydilar.

Kasb bayramingiz bilan barchangizni chin dildan muborakbod etaman.

Taʼkidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan 2016 yil 19-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida” imzolagan qonuni Prezident sifatida imzolagan birinchi qonundir.

Azizlarim!

Mirishkor tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonuni bilan belgilangan vakolatlar doirasida tumanda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtmoqchiman.

2022 yilda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida oʻtkazilgan jami 118 ta tekshirish va tahlillar natijasida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida 675 ta (taqdimnoma, protest, ogohlantirish, intizomiy, maʼmuriy, moddiy, jinoiy ish qoʻzgʻatish haqidagi qarorlar, daʼvo arizalari kabi) prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 701 nafar shaxslarning, shu jumladan, 181 nafar yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishilgan.

Prokuror taqdimnomasiga asosan 150 nafar shaxslarning ish haqlari undirilib, ularning huquqi tiklangan.

Tuman prokuraturasi tomonidan tamomlangan jinoyat ishlari boʻyicha aniqlangan 7 mlrd. soʻmlik zarar undirilishi taʼminlangan.

Oʻtgan yilda 777 nafar fuqarolarning prokuror shaxsiy qabulida boʻlib, ulardan 275 nafari sayyor qabullarda qabul qilinib, huquqiy-amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Qonunchilik targʻiboti yoʻnalishida oʻtkazilgan 548 ta tadbirlar, shundan 55 tasi ommaviy axborot vositalarida qilingan chiqishlarni tashkil etgan.

2-sektor faoliyati to‘g‘risida:

2022 yilda 2-sektor hududida joylashgan fermer xoʻjaliklarining 13.733 tonna paxta, 13.093 tonna gʻalla, 14.2 tonna pilla hosili yigʻib olingan.

2-sektor shtabi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida “Yoshlar daftari”dagilarning

Shuningdek, 2-sektor hududida yashovchi 207 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan boʻlib, ulardan 96 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar, 45 nafari tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar, 13 nafari boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, 26 nafari ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, 11 nafari uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, 16 nafari qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga ajratib olingan.

Olib borilgan ishlar natijasida, daftarga kiritilgan barcha xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar koʻrsatilib, “Ayollar daftari”dan chiqarilishi taʼminlandi.

Sektorda olib borilgan oʻrganishlar natijasida mahallalardagi ishsiz va daromadsiz qolgan 92 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgan boʻlib, bugungi kunga qadar ularning 87 tasi (95 %) amaliy yordam koʻrsatish orqali daftardan chiqarilgan.

Ehtiyojmand oilalarga jami 230 mln. soʻmlik moddiy yordamlar koʻrsatilib, ehtiyojmand oilalarning 136 nafar aʼzolarini (100 %) bandligi taʼminlangan.

Bundan tashqari, 2022 yilning 4-choragi davomida 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati nogironligi mavjud ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 2-sektor mahallalarida istiqomat qiluvchi
10 nafar oilalarga prokuratura shaxsiy tashabbusi bilan 10 xil turdagi
oziq-ovqat mahsulotlari va sovgʻalar olib berildi.

Shuningdek, 2-sektor shtabiga moddiy yordam masalasida murojaat qilgan 12 nafar fuqarolarning murojaatlari “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 12 mln. soʻm miqdorida moddiy yordam pullari olib berildi.

Shu bilan bir qatorda, Yangi yil bayrami munosabati bilan hududlardagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 24 nafar fuqarolarni holidan xabar olinib, ularga bayram dasturxoni uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovgʻalari berildi.

Qadrli qonun himoyachilari!

Siz azizlarimni, Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, har bir xodim Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, olijanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni boʻlib, faqat va faqat xalq manfaati yoʻlida ogʻishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, ishlaringizga yangi-yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Umringizdan, mehnatingizdan baraka toping!

Sherali Choriyevich SANAYEV

Mirishkor tumani hokimi